"Navbahor" bosh murabbiyi: "Pogba etakchi emas"
23 fev 2019 10:45
Yangiliklar


"Navbahor" bosh murabbiyi: "Pogba etakchi emas"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi, ayni damda Namanganning "Navbahor" klubini boshqarayotgan Andrey Kanchelskis "qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.
"Ko'pchilik Pogba o'zini katta o'yinlarda qanday namoyish etishi haqida gapirmoqda. Buni "Liverpul"ga qarshi bahsda ko'ramiz.
Ayni damda - u etakchi emas. Avvallari bizda Roy Kin, Stiv Bryus va Erik Kantona kabi futbolchilar bo'lardi. Hozir esa MYUda bunday etakchilar yo'q" - deydi Kanchelskis.
"Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi 24 fevral kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar