"Navbahor" bosh murabbiyi "Manchester Yunayted"ning mag'lubiyati sababini aytdi
29 noy 2019 13:06
Yangiliklar


"Navbahor" bosh murabbiyi "Manchester Yunayted"ning mag'lubiyati sababini aytdi
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Astana"ning Evropa Ligasi 5-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabasiga izoh berdi.
"Jamoa guruhdan chiqdi. Ular o'zlarining eng katta bosh og'riqlari bo'lgan "Manchester Siti"ga qarshi derbi uchun tayyorlanishmoqda. U erda esa guruhdan chiqqan holda, vazifa bajarilgan.
Yosh yigitlar bor edi, ularga imkoniyat berishdi. Ularda natija bor. Bori shu.
Zaxira tarkibi o'ynagani to'g'ri bo'ldimi? Bazida imkoniyat berish kerak. Ko'rdingizmi, Evropa Ligasi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat. Ular o'z vazifalarini bajardilar, yana nima qilishlari kerak edi. Yosh tarkib o'yinga qo'yildi va to'g'ri qilindi", - deydi Kanchelskis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar