"Navbahor" bosh murabbiyi: "Menga hech kim qo'ng'iroq qilmadi. Demak MYU Sobolevga qiziqmayapti"
05 okt 2019 10:16
Yangiliklar


"Navbahor" bosh murabbiyi: "Menga hech kim qo'ng'iroq qilmadi. Demak MYU Sobolevga qiziqmayapti"
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolevning MYUga o'tishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.
"Sobolevga "Manchester Yunayted"ning qiziqishi? Agar MYU Rossiyadan kimgadir qiziqsa, menga darhol qo'ng'iroq qilishardi.
Menga hech kim qo'ng'iroq qilmadi, demak ular qiziqishmayapti", - deydi Kanchelskis.
Eslatib o'tamiz, Sobolev Rossiya premer-ligasi to'purarlar bahsida 8ta gol urgan holda ikkinchi bo'lib bormoqda. Poygada 9ta gol bilan hamyurtimiz Eldor SHomurodov etakchilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar