So’nggi yangiliklar

17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчисини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  2 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  3 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  18 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  1 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  6 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  18 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  2 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  8 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  5 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  5 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1

"Navbahor" bosh murabbiyi faoliyati haqida Yangiliklar

"Navbahor" bosh murabbiyi faoliyati haqida

Angliyada porlagan, Saudiya Arabistonida Qirol kubogini yutgan va O'zbekistonda murabbiy bo'lib ishlayotgan shaxs haqida maqola.

Tarjimai hol

Andrey Kanchelskis — yarim himoyada o'ynagan rossiyalik futbolchi. Sportchi  2 marta Angliya va SHotlandiya chempionligini, shuningdek, Evropa superkubogi, Saudiya Arabistoni kubogi va boshqa yutuqlarni qo'lga kiritgan.

Bolalik va yoshlik yillari

Futbolchi 1969 yil 23 yanvarda Kirovogradda tug'ilgan. Bolakayning sportga bo'lgan qiziqishi juda kuchli edi va uning iqtidorini sport maktabida kashf eta olishgan. 1986 yilda u "Zvezda" jamoasi tarkibida maydonga tushdi. 2 mavsumdan keyin Kanchelskis Xarkovdagi sport internatiga ko'chib o'tdi va u erda SSSR ikkinchi ligasida o'ynay boshladi.

Malumot uchun, Andrey Kievning "Dinamo" jamoasida to'p tepib yurgan paytlarda armiyaga chaqirilgan. 

Kanchelskis professional faoliyatidagi ilk golini 1988 yilgi SSSR chempionatida Moskvaning "Dinamo" darvozasiga kiritgan.

SHaxsiy hayoti

Andrey Kanchelskis Inna Mixaylovaga uylangan. Ularning bir o'g'li va bir qizi bor. Kanchelskisning o'g'li kichik Andrey futbol bilan, qizi Eva balet bilan shug'ullanadi.

Andrey Buyuk Britaniya fuqarligigi ega bo'lsa-da, Rossiyada yashashni afzal ko'radi.

Bo'yi - 181 sm, og'irligi - 63 kg.

Futbol

Harbiy xizmatdan qaytganidan so'ng, klubdagi faoliyati Doneckning "SHaxtyor" jamoasida davom etdi, chunki futbolchiga "Dinamo"ning asosiy jamoasidan joy ajratilmadi. 90-yillarning boshlarida futbolchi "Manchester Yunayted"ga taklif qilindi va uning transferi amalga oshdi. SHartnoma summasi - 650 ming evroni tashkil etgan, klub murabbiyi esa kimsan Aleks Fergyuson(!) edi.

Dastlab, murabbiy Kanchelskisni kamdan-kam hollarda maydonga tushirdi. 1992/1993 yilgi masumda o'yinchi atigi 14 uchrashuvda qatnashdi. Ammo keyingi mavsum u jamoa etakchilaridan biriga aylandi. 1995 yilda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda xit-trik qilgani hamon keng jamoatchilikning yodida qolgan. Kanchelskis MYUda 1995 yilgacha o'ynadi, keyin "Everton"ga sotildi. Uning «qizil iblislar» safidagi o'rnini Devid Bekxem egalladi.

Yarim himoyachi 1989 yildan boshlab MDH termasida o'ynab keldi va terma bilan SHveciyadagi Evro-1992da qatnashish uchun kechgan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishdi. Kanchelskis guruh bosqichining har uchchala o'yinida maydonga tushdi, afsuski, jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchrab, musobaqadan chiqib ketdi.

 

1996 yilda sportchi Buyuk Britaniyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida ishtirok etdi. Bu u uchun terma jamoada oxirgi musobaqa bo'lib tarixda qoldi. Futbolchi milliy terma jamoa azosi sifatida 59 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urgan.

Kanchelskis "Everton"da o'ynashni davom ettirib, jamoaning eng yaxshi to'purari maqomini oldi. Moliyaviy qiyinchilik tufayli rahbariyat uni "Fiorentina"ga sotishga majbur bo'ldi. Bosh murabbiy Alberto Malezani futbolchiga ishonardi, biroq, Andrey kutilmaganda "Inter"ga qarshi bahsda jarohatga yo'liqdi. Mavsum tugagach, murabbiy klubni tark etdi va Andrey Dik Advokat boshchilik qilayotgan SHotlandiyaning "Reynjers" klubiga o'tdi. Ayrim tushunmovchiliklar bois "Manchester Siti"da ijarada o'ynab qaytgan. Mavsum so'nggida SHotlandiyaga qaytgan futbolchi zaxiraga "mixlandi".

2001 yilda klub bilan shartnomani uzaytirishni lozim topmadi va u erdan ketdi.  Aytish joizki, u klub uchun 113 o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urgandi.

Futbolchini "Sautgempton" sotib olgan, ammo mavsum davomida u maydonga atigi 1 marta tushgan. 2003 yilda yarim himoyachi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga taklif etilgan. Jamoa safida Qirol kubogini qo'lga kiritishga erishgan.

2004 yilda Rossiyaga qaytgan Andrey poytaxtning "Dinamo" jamoasidan taklif oldi, lekin hamkorlik amalga oshmadi va Ramenskoe shahrining "Saturn" klubiga qo'shildi. Keyinchalik Samaraga kelgan Kanchelskis "Krylya Sovetov"da faoliyatiga yakun yasadi.

Andrey Kanchelskis hozir

Faoliyatini yakunlaganidan keyin Andrey murabbiy sifatida "Ufa" va "Volga" jamoalarini boshqardi. 2014 yilda u Latviyaning "Yurmala" jamoasida ishladi, keyinchalik Moskvaning "Solyaris" klubida ham faoliyat yuritdi. 

Kanchelskis hozirgi kunda "Navbahor" ustozi bo'lib ishlamoqda. Sobiq futbolchi ko'pincha, sport mutaxassisi sifatida ko'plab vaziyatlarga obektiv va professional yondashgan holda sharh bera oladi.

Sportdagi yutuqlari:

1989 yil - SSSR chempionatining bronza medali sovrindori

1990 yil - SSSR kubogi g'olibi

1991 yil - Evropa superkubogi g'olibi

1992 yil - Angliya liga kubogi g'olibi

1993 va 1994 yil - Angliya chempioni

1994 yil - Anliya kubogi g'olibi

1996 yil - Mersisayd grafligining eng yaxshi o'yinchisi

1996 yil - Angliya Premer-ligasida oyning eng yaxshi o'yinchisi

1999 va 2000 yil - SHotlandiya chempioni

2003 yil - Saudiya Arabistoni kubogi g'olibi

2011 yil - Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика