So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  15 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Navbahor" bosh murabbiy masalasini 12 dekabr kuni hal etadi Yangiliklar

"Navbahor" bosh murabbiy masalasini 12 dekabr kuni hal etadi

Namanganning "Navbahor" jamoasi rahbariyat bosh murabbiy masalasida bosh qotirmoqda.

Xabaringiz bor, namanganliklar joriy mavsumda Superligada 9-o'rin bilan kifoyalanishdi. Mavsumni Andrey Kanchelskis bilan boshlagan "lochinlar" 11-turdan keyin ketma-ket to'rt bahsda durang qayd etgan rossiyalik mutaxassisga chiqish eshiklarini ochgandi. Uning o'rniga kelgan Deyan Jurjevich esa chempionat doirasida 3 g'alaba, Liga Kubogida 1 yutuq va O'zbekiston kubogi doirasida 1 marotaba g'olibga aylandi. SHuningdek, Jurjevich qo'l ostida jamoa Liga Kubogi guruh bosqichidan nariga o'tolmadi hamda O'zbekiston kubogidagi o'z uyida kechgan bahsda "Nasaf"ga yutqazib, musobaqani tark etdi.  Jurjevichga chiqish eshiklarini ochgan bellashuv esa Bekoboddagi o'yinda sodir bo'ldi. "Metallurg"dan Superliga doirasida bahsda yutqazgan "Navbahor" serbiyalik mutaxassisni istefoga chiqarib, muxlislar istagini inobatga olgan holda mavsum o'rtasida jamoadan haydalgan Andrey Kanchelskisni ortga qaytardi.

Kanchelskis bilan 3 yillik shartnoma imzolagan "Navbahor" rossiyalik mutaxassis bilan mavsum yakuniga qadar o'tkazilgan 8 uchrashuvdan atigi bittasida "Dinamo" ustidan g'alaba qozondi. SHuningdek, 4 durang va 3 mag'lubiyatga uchraldi. Kanchelskis kelgach jamoaning to'plar nisbati: 4-6ni tashkil qildi.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismi, joriy mavsum avvali hamda mavsum yakuniga qadar Kanchelskis "Navbahor" rulida jami 27 uchrashuv o'tkazdi. O'tkazilgan o'yinlarning 7tasi g'alaba, 11 durang va 9 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 24-28.

O'tgan yili Superligada uchinchi o'rinni egallab, musobaqaning bronza medallariga ega chiqqan "Navbahor" joriy yil 6 pog'ona pastga quladi va bu natija tabiiyki klub rahbariyatiga maqul kelmagan.

Mavsumning ikkinchi qismida Kanchelskis kelgach ham jamoaning natijalari yaxshilanmagani bois klub rahbariyati yangi mavsum oldidan bosh murabbiy masalasida jiddiy bosh qotirmoqda. Superligadagi oxirgi tur o'yinidan keyin rahbariyat va Andrey Kanchelskis o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan va unda bazi masalalar muhokama qilingan.

Malumotlarga ko'ra, "Navbahor" rahbariyati garchi klub bilan amalda shartnomasi bor murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha uzoq o'ylamoqda. Ayni paytda vataniga qaytib ketgan Kanchelskis 12 dekabr kuni O'zbekistonga qaytadi va shundan so'ng "Navbahor" rahbariyati rossiyalik mutaxassis bilan stol atrofiga muzokaraga kirishishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kanchelskisning ayni paytda klub bilan 2,5 yillik shartnomasi mavjud va agarda "Navbahor" Kanchelskisni bo'shatmoqchi bo'lsa, unda tovon pulini to'lashga majbur bo'ladi. SHartnomada Kanchelskis tomonidan mazkur band alohida qayd etilgan.

Yaqin 5-6 kun ichida "Navbahor" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi masalasi bo'yicha oxirgi qarorga kelishi kutilmoqda. Agarda tovon puli to'lab berib, Kanchelskis ishdan olinadigan bo'lsa, unda uning o'rniga mahalliy tajribali murabbiy olib kelinishi mumkin.

Ayni paytda jamoasiz yurgan Baxtiyor Ashurmatov yoki "Nasaf" bilan shartnomasi tugagan Ro'ziqul Berdiev ham Namanganda ish boshlash ehtimoli mavjud.

Namangan klubi kelasi mavsumda jamoaga katta etibor qaratmoqchi va yuqori maqsadlarni ko'zlamoqda. Agarda Kanchelskisni ishdan bo'shatishga qaror qilinsa, unda jamoaga sovrin olib kelish potencialiga ega malakali mutaxassis jalb etilishi haqiqatga yaqinroq. SHuningdek, qishki transfer oynasida jamoani ko'plab futbolchilar tark etishi va yangi nomlar paydo bo'lishi kutilmoqda. Avval xabar berganimizdek, namanganliklar "Nasaf" hamda "Bunyodkor" futbolchilari transferi bo'yicha klublarga rasman so'rov yuborishgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика