So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

"Navbahor": Ashurmatov yangi haftadan ishga kirishadi Yangiliklar

"Navbahor": Ashurmatov yangi haftadan ishga kirishadi

Bugun jamoa azolari tayyorgarlik bosqichining kichik qismini yakunlashdi.
Murabbiylar mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan futbolchilarni ikki tarkibga bo'lgan holda nazorat o'yinini o'tkazishdi. Sariqlar va qizillar o'rtasidagi bahsda bu safar qizillar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Etiborli jihati ushbu tarkibdan asosan yosh futbolchilar o'rin olishgandi. Yoshlar Javlon Xolmirzaev (2 ta), Sobit Vohidov va Bobur Karimovlarning gollari tufayli g'alabani qo'lga kiritishdi. Mag'lubiyatga uchragan tomon gollariga esa Oyatullo Muhiddinov, Ilhom Boydedaev hamda Botir To'raboevlar mualliflik qilishdi.
Tarkiblar quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi.

Sariqlar: Islom Jo'raev, Botir To'raboev, Omon-Biik Halilov, Vadim Lyubinskiy, Jalol Ikromov, Bilol SHarofiddinov, Nodir Teshaboev, Ilhom Boydedaev, Oyatullo Muhiddinov, Sohib Abdullaev, Ayubxon Gapparov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Isroil Obidjonov, Bobur Karimov.

Qizillar: Alisher Ahmedov, Sardor Asqarov, Muhammad Nuriddinov, Muhammad Rasulov, Ibrohim Karimov, Murod Rahmonov, Javlon Xolmirzaev, Komil Qo'chqarov, Bobur Karimov, Sobit Vohidov, Islom Ismailov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Jo'raev, Oyatullo Muhiddinov.
Mazkur uchrashuvda betobliklari tufayli Azim Ahmedov, Azamat Mamadjanov va Akbarsho Rashidxanovlar ishtirok etishmadi.

Uchrashuv yakuniga etgach, jamoa azolariga bir kunlik hordiq elon qilindi. Xabaringiz borki, navbatdagi mavsumda Baxtiyor Ashurmatov Navbahorda bosh murabbiy vazifasini bajaradi. Klub rahbarlari bilan uchrashib, kelgusi faoliyat xususida kelishib olgan Ashurmatov Toshkentga qaytib ketgandi. Jamoaning dushanba kunidan boshlanadigan yig'iniga bevosita Ashurmatovning o'zi boshchilik qiladi. Murabbiy Namanganga etib kelgach, murabbiylar shtabi borasida ham bir to'xtamga kelinadi. O'z navbatida tarkibga ham bir qator yangi o'yinchilarni qo'shilishi rejalashtirilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика