"Navbahor": Aleksandar Leposavich safga qo'shiladi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2015, 10:58
Kecha jamoamizning selekciya borasidagi ishlarini davom etayotganligi haqida xabar berib o'tgandik.
Chiziqlarni kuchaytirish va tarkibdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar davom etayotganligi ham ma'lum qilingandi. Jamoaga mahoratli hujumchini jalb etish niyatida serbiyalik futbolchi Aleksandar Leposavich bilan muzokaralarga kirishilgandi. 1987 yilning 3 noyabrida Serbiyaning Ivanica shahrida tug'ilgan Leposavich “Navbahor”ning 19 yanvarda Toshkentda boshlanadigan yig'inida ishtirok etadi. Hujumchi faoliyatini Ivanicaning “Yavor” klubida boshlaganligini aytib o'tish joiz. 2014 yilgi mavsum birinchi yarmida Serbiyaning “Edinstvo” klubida to'p tepgan hujumchi mavsum ikkinchi qismini Chernogoriyaning “Petrovach” klubida o'tkazdi. Bundan tashqari Leposavich “Sumadiya”, “Sloga Petrovach” va “Sloga Pozega” jamoalari safida to'p tepgan. Aleksandar Serbiya va Chernogoriya chempionatlarida 124 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 21 ta gol urgan. Agarda xorijlik hujumchi Toshkentda o'tadigan yig'in davomida o'zidan yaxshi taassurot qoldirsa navbatdagi mavsumni “Navbahor”da o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Leposavich ishtirok etgan o'yinlar va urgan gollarini ko'rishni istasangiz quyidagi manzilga http://m.youtube.com/watch?v=UMeZyIyzpBI o'tib hujumchining harakatlariga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz