So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

“Navbahor” – “Alay” uchrashuvi bo'yicha murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

“Navbahor” – “Alay” uchrashuvi bo'yicha murabbiylar qanday fikrda?

Namanganning “Navbahor” va Oshning “Alay” klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi (2:0) yakunlangach, har ikki jamoa bosh murabbiylarining fikrlari bilan qiziqdik.


Aleksandr Beldinov (“Alay” bosh murabbiyi):
- Avvalambor, ushbu o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish bo'yicha berilgan taklif uchun “Navbahor” klubi va uning rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldik. Ayni payt chempionatga taraddud ko'ryapmiz, bugungi uchrashuvni ham mazkur tayyorgarlik doirasida o'tkazdik. Albatta, bu kabi xalqaro o'yinlar biz uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'taydi. Garchi bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, “Navbahor”ga qarshi o'yinda maydonga tushish biz uchun oldinga tashlangan qadam hisoblanadi. Ammo tan olish kerak, bugun mezbonlar haqli ravishda g'alabaga erishishdi. Ular bizga nisbatan tezroq, uyushqoqlikda harakat qilishdi, tarkiblaridan ham saviyasi yuqori futbolchilar o'rin olishgan. SHu bois ham, natija haqqoniy bo'ldi. Lekin bu mag'lubiyatdan tegishli xulosa chiqaramiz.

Namanganga tashrifimizdan avval “Navbahor”da malakali murabbiylar faoliyat yuritishi, mahoratli futbolchilar borligidan xabardor edik. Garchi jamoa ayni payt O'zbekiston Superligasi turnir jadvalida 10-o'rinda borayotgan bo'lsada, musobaqa ishtirokchilari to'plagan ochkolar orasidagi farq katta emas va bir-ikkita g'alaba jamoani yuqori o'rinlarga ko'tarishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, kuchli raqibdan taklif tushishi hamono, uni bajonidil qabul qildik. “Navbahor”ga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman.

 Viktor Jalilov (“Navbahor” bosh murabbiyi):
- Yaxshi, jangovar bellashuv guvohiga aylandik. “Alay”ning o'yini ham menga maqul bo'ldi, futbolchilari maydonda munosib to'p tepishdi. Ularga kelgusi uchrashuvlarda omad yor bo'lsin. Jamoamizga kelsak, so'nggi to'rt kun ichida katta yuklamalar bergandik, shogirdlarimning harakatlarida kamchiliklar kuzatilgani shu bilan bog'liqdir, ehtimol. Bularning barini to'g'rilasa bo'ladi, asosiysi, futbolchilarimizning yuklamalardan keyin maydonda qanday o'yin ko'rsatishlarini aniqlab oldik. Umuman olganda esa, bugun yigitlar yaxshi o'ynashdi, o'z navbatida, bir nechta qulay imkoniyatlardan foydalana bilishmadi. O'yinchilarning holatini yana bir bor sinovdan o'tkazdik, legionerlar ham, ayni payt jamoa ixtiyorida bo'lib turgan, bizga yaxshi tanish boshqa futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика