“Navbahor” – AGMK o'yiniga muxlislar kiritiladi
09 sen 2021 11:12
Yangiliklar
“Navbahor” – AGMK o'yiniga muxlislar kiritiladi
Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko'ra, pandemiya sababli, mamlakatimizda sport musobaqalari, shu jumladan, futbol o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilayotgandi.
So'nggi paytlarda ko'plab hamyurtlarimizning COVID-19 ga qarshi vakcina olishgani, shuningdek, koronavirusga qarshi samarali choralar ko'rilayotgani bois, pandemiya talablari ancha yumshatilib, ochiq joylarda tadbirlar o'tkazishga ruxsat berildi.
Jamoamiz muxlislari uchun quvonchli xabar shundan iboratki, Coca Cola Superliga 17-turidan o'rin olgan “Navbahor” – AGMK o'yiniga muxlislarning kirishlariga ruxsat berildi. Ushbu o'yin uchun chiptalar ertadan sotuvga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – AGMK jamoalari o'rtasidagi o'yin 10 sentyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda soat 19:00 da boshlanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar