Navas va Xoland - CHLda hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar
11 mar 2021 11:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624837_original.jpg)
![](/upload/storage/624837_220.jpg)
Navas va Xoland - CHLda hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar
UEFA shu haftada o'tkazilgan CHL 1/8 final javob o'yinlarining eng yaxshi o'yinchisini aniqlash borasida so'rovnoma tashkil etmoqda.
Davogarlar ro'yxatidan 4 futbolchi joy oldi.
"Sevilya"ga qarshi o'yin (2:2)da dubl qayd etgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi Erling Xoland.
"Yuventus" (2:3)ga 2ta gol urgan "Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyra.
"RB Leypcig" (2:0)ga qarshi o'yinda 79% uzatmasi aniq bo'lgan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Liverpul" xavbeki Fabino.
"Barselona" (1:1)ga qarshi o'yinda 9ta seyv ijro etgan va Lionel Messining penaltidan yo'llagan zarbasini qaytargan PSJ posboni Keylor Navas.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar