Natan Ake: "CHLdagi birinchi golimni urishimdan bir necha daqiqa o'tib, otam olamdan o'tdi"
16 sen 2021 22:35
Yangiliklar
Natan Ake: "CHLdagi birinchi golimni urishimdan bir necha daqiqa o'tib, otam olamdan o'tdi"
"Manchester Siti" futbolchisi kecha "Leypcig"ga qarshi o'yinda gol urgandi.
"Manchester Siti" futbolchisi Natan Ake "Leypcig"ga qarshi o'yin va oilasidagi og'ir judolik haqida yozdi.
"So'nggi haftalar hayotimning eng og'ir damlari bo'ldi. Otam og'ir hastalikka uchragandi va uni davolashning iloji yo'q edi. Menga oilam va do'stlarim juda katta dalda berishdi.
Kecha, shuncha qiyinchiliklardan so'ng men CHempionlar Ligasidagi birinchi golimni urdim. Bir necha daqiqalardan so'ng esa onam va akalarim davrasida otam vafot etdi. SHunday bo'lishi balki oldinlan belgilab qo'yilgandir. Dadam mening o'yinimni ko'rganda doim xursand bo'lardi va mendan faxrlanardi. Doim bizning yonimizda, qalbimizda qolasiz", -deb yozadi Natan Ake.
Fikrlar