Nasri "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay oladi
18 okt 2014 14:46
Yangiliklar


Nasri "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay oladi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Samir Nasri ingliz Premer-ligasining 10-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Bu haqda "shaharliklar"ning bosh murabbiyi Manuel Pellegrini malum qildi.
"Nasri operaciyadan so'ng tuzalishda davom etmoqda. Aniq aytolmayman, ammo menimcha u keyingi hafta oxirida umumiy guruh bilan shug'ullanishi mumkin" - deydi murabbiy.
"Manchester Siti" 2 noyabrda "Manchester Yunaytedni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

Fikrlar