So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

"Nasaf"ning tarkibi kuchaytiriladimi? Maqsad qanday? Ro'ziqul Berdiev javob berdi Yangiliklar

"Nasaf"ning tarkibi kuchaytiriladimi? Maqsad qanday? Ro'ziqul Berdiev javob berdi

"Nasaf" jamoasi OFK kubogiga yo'l olishdan avval bugundan Toshkentdagi "CHig'atoy" suniy qoplamali maydonida mashg'ulotlarga kirishdi.

Mashg'ulotlar oldidan jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab OFK kubogiga tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Yaxshi kayfiyatda tayyorgarlikni boshladik. CHunki kecha klub rahbarlari ham futbolchilarga katta motivaciya berdi. O'zlaring ham ko'rdinglar viloyat hokimimiz ham jamoa azolari bilan uchrashib muhim o'yinlar oldidan omad tiladi. Muxlislarimiz yaxshi kuzatib qo'yishdi. SHu bois yigitlarning ruhiy holati juda yaxshi. Bugundan "CHig'atoy" sport bazasida mashg'ulotlarni boshladik. Suniy maydonda tayyorgarlik olib borishimizni takidlagandim. Ikki kun shu erda shug'ullanamiz. So'ng 10 may kuni Dushanbega yo'l olamiz. 

- Uchrashuvlarning suniy maydonda o'tishi qanchalik qiyinchilik tug'diradi? Bunday pallada jarohat olish holatlari ko'p uchraydi...

- Bu jihat o'ylantiryapti. Lekin hech narsa bahona bo'la olmasligi kerak. Agarda suniy maydon tekis bo'lsa yaxshi o'yin ko'rsatish mumkin. Imkon qadar sifatli o'ynashga harakat qilamiz. Maydonga chiqib natija ko'rsatishimiz lozim. Muxlislarimiz bizdan g'alabalar kutmoqda. Asosiy maqsad keyingi bosqichga yo'llanma olish. 

- Jamoaning moliyaviy holati va tarkibi 10 yil oldingidek bo'lmasada ko'pchilik "Nasaf"dan 2011 yilgi g'oliblikni kutyapti. Klub rahbariyati jamoaga shunday maqsadni qo'ydimi?

- Turnirda maksimal harakat qilamiz. 2011 yilgi natija bilan taqqoslash noo'rin. Farq juda katta. Qolaversa o'zim ham o'shanda yordamchi murabbiy sifatida jamoada faoliyat borganman. Tarkib juda kuchli edi. Turnirning darajasi yuqoriligini yaxshi bilaman. Maksimal harakat qilsak yaxshi natija ko'rsatishga kuchimimiz etadi. Rahbariyat bilan gaplashdik, agarda keyingi bosqichga chiqsak boshqa futbolchilarni ham ro'yxatdan o'tkazamiz. Jamoani kuchaytirishni o'ylab ko'ramiz. Buning uchun keyingi bosqichga chiqishimiz zarur. Yutishni maqsad qilsak tarkibimizni kuchaytirishimiz darkor. 

- Turkmaniston klub "Oltin asr" musobaqada katta ehtimol bilan ishtirok etmaydi. Bu "Nasaf"ning rejalariga va guruhdagi holatga qanchalik tasir qiladi?

- Rejamiz bo'yicha uchta o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. SHuni aytishim mumkinki, Turkmaniston jamoasi haqida bizda malumotlar kam edi. Qaysidir manoda rejamizga biroz o'zgartirarmiz. Guruhdagi qolgan raqiblar haqida malumotlarga egamiz.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика