So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

“Nasaf”ning OCHLdagi raqibi yig'inni yakuniga etkazdi Yangiliklar

“Nasaf”ning OCHLdagi raqibi yig'inni yakuniga etkazdi

“Nasaf” jamoasining OCHL-2013 pley off bosqichidagi raqibi Qatarning Doxa shahri “Al-Jayish” jamoasi haqidagi yangiliklar ham muxlislarni qiziqtirishini hisobga olib, bundan buyon ushbu jamoaga oid yangiliklardan saytimiz orqali yoritib borishni maqsad qildik.
“Al-Jayish” jamoasi bugun Qatar Yulduzlar Ligasi birinchi davrasidan so'ng tanaffusda o'zining Ummonda bo'lib o'tgan bir haftalik yig'inini yakuniga etkazdi.

Jamoa kecha shuningdek Ummonning “Al-Suvayq” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini ham o'tkazdi. Uchrashuv durang natija bilan 2:2 hisobida yakun topdi. “Al-Jayish” jamoasidan gollarga franciyalik legioner Bryus Kembo Ekako va braziliyalik legioner Vagner Renarlar mualliflik qilgan. Avval 2:1 hisobida oldinda borayotgan Rezvan Luchesku (“Al-Jayish” jamoasi murabbiyi) shogirdlari so'nggi daqiqalarida o'z darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan va natijada uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Ummonda bo'lib o'tgan yig'inda jamoaning 25 futbolchisi ishtirok etdi, bular: Faxd Yunus Axmad, Ivanildo Rodriges, Abdulla Ayesh, Anderson Martins, Ali Sanad Al-Nuaimi, Rami Fayoz, Usam Rizq, Abdurahmon Abkar, Jozef Key, Muxammad Abdulla Mtnana, Seul Ki Go, Vagner Renar, Majid Muxammad, Muxamad Al Said Abdul Mutallib, Kalu Uche, Muxammad Muntari, Muxammad Al-Jabri, Xolid Abdul Rauf, Diab Annabi Kembo, Ikuko Jerays, Bryus Kembo Ekako, Valid Abdul Rahmon, Abdulla Al-Salom, Abdulaziz Al-Buaynayn, Jassim SHeynin.

Qatar Yulduzlar Ligasi ikkinchi davra uchrashuvlari 10 yanvardan davom ettiriladi. SHu kuni “Al-Jayish” jamoasi 14-turni o'z maydonida “Al-Arabi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu xabar klub rasmiy saytidagi malumotlar asosida tayyorlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика