So’nggi yangiliklar

18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3

"Nasaf"ning Golban va Alievdan, "Qo'qon-1912"ning Taran va Pardaevdan qarzi bor Yangiliklar

"Nasaf"ning Golban va Alievdan, "Qo'qon-1912"ning Taran va Pardaevdan qarzi bor

Teglar :  PFLTransferlar
O'zbekiston Professional futbol ligasi 15 iyulga qadar davom etgan yozgi transfer oynasida 97 futbolchini yangi jamoalar uchun ro'yxatdan o'tkazdi.

Endilikda o'z klubi bilan xayrlashayotgan har bir futbolchi yoki murabbiy bilan PFL alohida bog'lanmoqda. Yani, jamoadan ketayotganlar bilan avval to'liq hisob-kitob qilinsinki, shundan keyingina ularning o'rni yangilar bilan to'ldirilsin.

PFLning “Sport bo'limi” mutaxassislari yozgi transferlar paytida klubini o'zgartirgan futbolchilarning sobiq jamoasi bilan hisob-kitobi to'liq yakunlangan yoki yo'qligi borasida surishtiruv o'tkazdi. Klublar va futbolchilar bilan birma-bir aloqaga chiqib, ular tomonidan PFLga taqdim etilgan hujjatlar “elakdan” o'tkazilganida malum bo'ldiki, jamoasini almashtirgan 97 futbolchidan faqatgina 4 nafari bilan hozircha to'liq hisob-kitob qilinmagan.

Yozgi tanaffus paytida rossiyalik Igor Golban va tojikistonlik Jahongir Aliev “Nasaf” bilan xayrlashgan. Biroq futbolchilarning klubda pullari qolib ketgan. “Nasaf” va futbolchilar imzo chekkan kelishuv bitimida mavjud qazdorlik 31 iyulga qadar to'liq bartaraf etilishi borasida kelishuvga erishilgan. PFL vaziyatni nazorat qilib boradi.

SHuningdek, “Qo'qon-1912” jamoasini tark etgan Bahodir Pardaev va Igor Taran kabi futbolchilar bilan ham to'liq hisob-kitob qilinmagan. Lekin “Qo'qon-1912” klubi Pardaev va Taran bilan ham kelishib, 1 oktyabr kunigacha qarzlarni yopishga kafolat bergan.

Bungacha qazdorliklari bartaraf etmagan klublarga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ruxsat berilavergan. Oqibatda muammo ustiga muammolar yig'ilib, yakunda bazi jamoalar inqiroz yoqasigacha kelib qolgan. Ishlar PFLdan tashqari sud va boshqa organlarga, hatto, OFK va FIFA darajasigacha etib borgan. Endi bunday muammolar o'z vaqtida hal qilinishi shart. 2019 yilgi mavsumga hech bir klub qarzdorlik bilan o'tmasligi PFL uchun muhim.

Biz faqatgina shunda oldinga qadam bosishimiz mumkin. 2018 yilda esa tashkilotimiz ham, klublar ham asosan eski muammolarni hal qilish uchun ko'p vaqt sarflayapti.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика