"Nasaf"ga ikkita gol urgan Ali Alipur terma jamoaga chaqirildi
14 fev 2018 11:25
Yangiliklar
"Nasaf"ga ikkita gol urgan Ali Alipur terma jamoaga chaqirildi
O'yinda "Nasaf" darvozasiga ikki bor to'p kiritgan Ali Alipur Eron milliy terma jamoasiga taklif etildi. Bu haqda persianfootball.com sayti xabar bermoqda. Eronlik muxbirlarning yozishicha, 22 yoshli hujumchi ilk bor terma jamoa libosida o'ynaydi. Uning oxirgi paytlarda ko'rsatayotgan o'yini bosh murabbiy Karlush Keyrushga yoqib qolgan va shu bois ham Alipurni sinab ko'rmoqchi.
Alipur kechagi uchrashuvda o'zidan iliq taassurot qoldirdi va hujumchi qanday bo'lishi kerakligini bitta o'yindayoq ko'rsatib qo'ydi. Malumot uchun, bu futbolchi katta futboldagi faoliyatini 2011 yil "Nassaji Mazandaran" klubida boshlagan. U 16 yoshga to'lgan payt o'z debyutini nishonlagan.
Ali Alipur 2015 yil "Persepolis"ga ko'chib o'tadi va "Istiqlol" bilan kechgan bahsda to'p kiritib, bu ikki jamoalar o'rtasidagi bellashuvda gol urgan eng yosh futbolchiga aylanadi. O'shanda u 19 yoshda edi. Alipur hozir Eron chempionatida 17ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar