"Nasaf" Zafar Polvonovga jiddiy qiziqmoqda
21 iyu 2016 23:55
Yangiliklar


"Nasaf" Zafar Polvonovga jiddiy qiziqmoqda
"Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z jamoasida "SHo'rtan" hujumchisi Zafar Polvonovni ko'rishni istamoqda.
Olingan xabarlarga ko'ra, Zafar Polvonov mavsum o'rtasida "SHo'rtan"ni yolg'izlatib qo'yish niyatida emas. "SHo'rtan" hujum chizig'i vakillaridan biri sanalgan Kenja To'raevni "Olmaliq"qa yo'l olganidan so'ng Zafar Polvonov "SHo'rtan"ni qiyin holatda tashlab ketishni lozim topmayapti. SHu bois ushbu transfer mavsum o'rtasida amalga oshmasligi mumkin.
Yil boshida ham qarshiliklar "ajdarlar" darvozasini nazorat o'yinida nishonga olgan Zafar Polvonovga taklif bilan chiqishgandi. Biroq futbolchi yangi mavsumga 10 kun qolganida "SHo'rtan"ni "Nasaf"ga almashishni istamagan.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" hujumchilari Azamat Allaniyazov, Ilhom SHomurodov hamda Bobir Abdixoliqovning ushbu mavsumda oliy ligada urgan jami gollari 8tani tashkil etadi.
Zafar Polvonov esa birinchi davra o'yinlarida "ajdarlar"ning barcha hujumchilari urgan gollari bilan teng ravishda 8 marotaba raqiblari darvozasini aniq "o'qqa" tutgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar