So’nggi yangiliklar

14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  13 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  10 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21

"Nasaf" yoshlari irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Nasaf" yoshlari irodali g'alabaga erishdi

Ikkinchi davrani ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan Bahodir Anamatov boshchiligidagi yoshlar jamoasi ushbu turda irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuv mezbonlar uchun omadsiz boshlandi. 12-daqiqada chap qanotdan boshlangan tezkor hujum maydon markaziga keyinchalik o'ng qanotga ko'chdi. Va aynan shu qanotdan “Nasaf” jarima maydonchasiga kirib kelgan Igor Rogovanov darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan hisobni ochdi.

Goldan keyin mezbonlar tashabbus o'z qo'llariga olishga harakat qilishdi. Ayniqsa, Sanjar Baratovning birin-ketin raqib futbolchilarini aldab yo'llagan zarbasini Nikita Ribkin qiyinchilik bilan qaytarib yuborishga erishdi.

Ikkinchi bo'limda jamoamiz tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirilgach, bu tez orada o'z samarasini berdi. 53-daqiqada Sanjar Baratov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni qarama-qarshi qanotdagi sherigiga uzatdi. Zaxiradan maydonga tushgan Doniyor Narzullaev to'pga bir tegishdayoq muvozanatni tikladi – 1:1.

SHundan keyin tashabbusni o'z qo'llariga olgan mezbonlar Nikita Ribkin darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo faqatgina o'yin oxirlariga kelib yosh futbolchilarimiz g'alabani o'zlari tomonga og'dirib olishdi. 88-daqiqada jarohatdan qutulib ilk bor yashil maydonga chiqqan Jahongir Jiyamurdov chamasi 30 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarima to'pini ajoyib zarbasi bilan golga aylantirgan bo'lsa, o'yinning so'nggi daqiqalarida Doniyor Narzullaevning uzoq masofdan kutilmaganda yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib to'rga yo'l oldi – 3:1. Ushbu g'alabadan keyin “Nasaf” o'rinbosarlari turnir jadvalining 3-pog'onasiga ko'tarilib olishdi.


Yoshlar ligasi, 19-tur. 19.09.2013.
“Nasaf” – “Paxtakor” 3:1 (0:1)
Qarshi shahri. “Nasaf” stadioni.
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Firdavs Norsafarov, Suhrob Sattorov, Jonon Hamidov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.
“NASAF”: 23. Azamat Ahmedov, 2. Mirjalol Mo'minov (28. Mirzamurod Jo'raboev, 35), 3. JAvlon Egamov, 4. Sarvar Xolmurodov, 7. Najmiddin Normurodov (10. Akbar Murodov, 56), 8. Javohir Ashurov (16. Doniyor Narzullaev, 46), 11. Sanjar Baratov. (9. SHohruh Qurbonov, 63) 13. Tohir Abdurazzoqov, 17. Obid Mamotov (55. Jahongir Jiyamurodov, 78), 20. Jamoliddin Masharipov, (22. Diyor Karimov, 66) 33. Ilhom Usubjonov.
“PAXTAKOR”: 1. Nikita Ribkin, 27. Jaloliddin Saidov, 20. Muhsin Ubaydullaev, 28. Abboshon Maxsitaliev, 4. Abdurasul Komilov, 7. Aram Babayan, 8. Abdulloh Olimov, 17. Igor Rogovanov (23, Abbosbek Otaxonov, 78), 14. Jaloliddin Masharipov, 21. Abdulaziz Yusupov, 13. Anvar Rajapov (25. Vladislav Pavlovskiy, 46).
Gollar: D.Narzullalev (53, 90), J.Jiyamurodov (88), D – I.Rogovanov (12).
Ogohlantirish: N.Normurodov (16), M.Jo'raboev (58), A.Maxsitaliev (76).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика