So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

"Nasaf": Yosh futbolchilarimiz Baxtiyor Davlatov xotira turnirida ishtirok etishadi Yangiliklar

"Nasaf": Yosh futbolchilarimiz Baxtiyor Davlatov xotira turnirida ishtirok etishadi

Xalqimizda xotira muqaddas degan ibora mavjud. O'tganlarni yodga olish, ular amalga oshirib ketgan ishlarini eslash juda yaxshi odat.

Baxtiyor Davlatovni mamlakatimiz futbol ishqibozlari yaxshi eslashadi. Yangierda tug'ilib o'sgan Baxtiyor Davlatov 36 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatgandi. SHundan beri “Mashal”, keyinchalik “Yangier” jamoasida mamur sifatida ishlab kelayotgandi. Baxtiyor Boyjonovich hayot bo'lganida 48 yoshni qarshi olgan bo'lar edi. Ayniqsa uning vohamiz futboliga qo'shgan hissasi ham etirofga loyiq. Uning “Mashal” va “Nasaf” jamoalari safida ko'rsatgan yorqin o'yinlari hamon muxlislar yodida.

O'z vaqtida “Yangier”, “Kosonsoy”, “Metallurg” singari klublarda ham to'p surgan iqtidorli hujumchi Baxtiyor Davlatov 2013 yil olamdan o'tgan edi.

Yangier shahrida keyingi yillarda tashkil etilayotgan Baxtiyor Davlatov xotira turniri ommaviylashib bormoqda. Bu turnirga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Mazkur turnirda “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalarimiz ham faol ishtirok etib kelishadi.

Bugun erta tongda Jasur Ibragimov va Umar Rahmatillaev murabbiylik qilayotgan 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoamiz Yangier shahriga jo'nab ketishdi. Ular bu yil ham xotira turnirida ishtirok etishadi. O'yinlar Yangierdagi markaziy o'yingohda bo'lib o'tadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика