So’nggi yangiliklar

00:15Лаутаро Мартинесда ҳали имкон бор  0 23:43Илёс Зейтуллаев: "Ютганимизда бугун қаҳрамон бўлар эдик"  5 23:22Клублар ўртасидаги ЖЧ вақтида "Реал"ни бошқа мураббий бошқариши мумкин  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Ютқазаётган вақтимизда ҳам режамиздан чекинмадик ва ҳақли ғалабага эришдик"  2 22:51АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон". Асосий таркиблар маълум!  29 22:28Суперлига. "Қўқон-1912" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бунёдкор" майдонида зафар қучди  32 21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  4 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  18 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 20:48Микель Артета: "Ливерпуль" чемпионликка ҳақли эди"  0 20:15Суперлига. Пешқадам "Насаф" "Хоразм"ни юта олмади  56 19:59Аббосбек Файзуллаев: "Ҳусанов мени "Сити"га таклиф қилмади"  17 19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  3 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  8 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0

"Nasaf": Yangi yil yangi muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lsin! Yangiliklar

"Nasaf": Yangi yil yangi muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lsin!

Yangi yilning ilk yangi haftasi boshlandi. “Nasaf” futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan yangi 2015 yil bilan chin dildan muborakbod etadi.

2014 yil klubimiz uchun chindandan muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi va ishqibozlarimizning yodida qoladigan yil sifatida etirof etiladigan bo'ldi. Xususan “Nasaf” futbolchilari o'z tarixlarida sakkizini marta O'zbekiston chempionati bronza medalini qo'lga kiritishdi. Jamoa sardori va etakchisi Artur Gevorkyan 18 ta gol bilan mamlakat chempionati to'purarlari bahsida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Hali jamoa tarixida hech bir futbolchi shu paytgacha bunday ko'rsatkichni qayd etmagan edi.  Jamoaning asosiy darvozaboni Eldorbek Suyunov mamlakat bosh jamoasida sardor sifatida maydonga chiqish bilan birga o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish borasida bundan 14 yil oldin qayd etilgan rekordni yangiladi. Oliy ligada “Nasaf” o'z tarixida ilk marta Toshkentda “Bunyodkor”ni taslim etdi. Tayyorlov guruhlari o'rtasida o'tkazilgan oliy va birinchi liga jamoalari o'rtasida mamlakat birinchiligida “Nasaf” futbol maktabining 1998-99 yillarda tug'ilgan futbolchilari oltin medallarga sazovor bo'lishdi. Qolaversa o'tgan yil so'nggida “Nasaf” o'rinbosarlari uchun zamonaviy qarorgox (baza) qurilib, foydalanishga topshirildi. Bir so'z bilan aytganda, o'tgan 2014 yil “Nasaf” futbol klubi uchun omadli va yutuqlarga boy yil kechdi. Yangi 2015 yilda ham klubimizni bir qator jiddiy musobaqalar kutib turibdi. Uch yillik tanaffusdan keyin “Nasaf” yana Osiyo chempionlari ligasi musobaqasining guruh bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi. Qolaversa, ichki musobaqalarda ham jamoa o'z oldiga faqat yuksak maqsadlarni qo'yadi. Bu yo'lda jamoamizga Yangi yilda yangi omadlar, yangi cho'qqilarni zabt etib, muxlislarni xursand etishini tilab qolamiz.Yangi yilning ilk yangi haftasi boshlandi.  “Nasaf” futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan yangi 2015 yil bilan chin dildan muborakbod etadi.

 

2014 yil klubimiz uchun chindandan muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi va ishqibozlarimizning yodida qoladigan yil sifatida etirof etiladigan bo'ldi. Xususan “Nasaf” futbolchilari o'z tarixlarida sakkizini marta O'zbekiston chempionati bronza medalini qo'lga kiritishdi. Jamoa sardori va etakchisi Artur Gevorkyan 18 ta gol bilan mamlakat chempionati to'purarlari bahsida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Hali jamoa tarixida hech bir futbolchi shu paytgacha bunday ko'rsatkichni qayd etmagan edi.  Jamoaning asosiy darvozaboni Eldorbek Suyunov mamlakat bosh jamoasida sardor sifatida maydonga chiqish bilan birga o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish borasida bundan 14 yil oldin qayd etilgan rekordni yangiladi. Oliy ligada “Nasaf” o'z tarixida ilk marta Toshkentda “Bunyodkor”ni taslim etdi. Tayyorlov guruhlari o'rtasida o'tkazilgan oliy va birinchi liga jamoalari o'rtasida mamlakat birinchiligida “Nasaf” futbol maktabining 1998-99 yillarda tug'ilgan futbolchilari oltin medallarga sazovor bo'lishdi. Qolaversa o'tgan yil so'nggida “Nasaf” o'rinbosarlari uchun zamonaviy qarorgox (baza) qurilib, foydalanishga topshirildi. Bir so'z bilan aytganda, o'tgan 2014 yil “Nasaf” futbol klubi uchun omadli va yutuqlarga boy yil kechdi. Yangi 2015 yilda ham klubimini bir qator jiddiy musobaqalar kutib turibdi. Uch yillik tanaffusdan keyin “Nasaf” yana Osiyo chempionlari ligasi musobaqasining guruh bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi. Qolaversa, ichki musobaqalarda ham jamoa o'z oldiga faqat yuksak maqsadlarni qo'yadi. Bu yo'lda jamoamizga Yangi yilda yangi omadlar, yangi cho'qqilarni zabt etib, muxlislarni xursand etishini tilab qolamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика