"Nasaf" va "Paxtakor" Saudiya Arabistoniga etib bordi. Aliqulov va Mozgovoyni samolyotda "urishdi"
05 apr 2022 09:54
Yangiliklar
"Nasaf" va "Paxtakor" Saudiya Arabistoniga etib bordi. Aliqulov va Mozgovoyni samolyotda "urishdi"
OCHL guruh bahslarini o'tkazish uchun "Paxtakor" va "Nasaf" klublari 4 aprel kuni bitta charter reysda Saudiya Arabistoniga uchib ketishdi.
Qarshi shahri klubi futbolchilarining Saudiya Arabistoniga etib borish jarayoni championat.asia jurnalisti Tolibjon Qosimov obektiviga muhrlandi. Qayd etish kerak, samolyotda Dammamga borish chog'ida futbolchilar Husniddin Aliqulov hamda Akmal Mozgovoy "koridor"dan o'tdi. Ular yaqindagina tug'ilgan kunini nishonlagandi.
8 aprel kuni ilk o'yinini o'tkazadigan qarshiliklar Dammamdagi "Mercure" mehmonxonasiga joylashdi.
Fikrlar