"Nasaf" Turkiyaga etib bordi
05 fev 2020 17:27
Yangiliklar
"Nasaf" Turkiyaga etib bordi
Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun Turkiyaning Antaliya shahriga etib bordi va "Royal Holiday Lara" mehmonxonasiga joylashdi.
O'quv-yig'in mashg'ulotlari bugundan boshlanadi va Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borishadi.
Turkiyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarida quyidagi futbolchilar ishtirok etishadi: Mashhur Muxammadjonov, Abduvohid Nematov Azamat Soyibov, G'olib G'aybullaev, Bobir Abdixoliqov, SHarof Muhitdinov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboev, SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Jo'rabek Mannonov, Husniddin Aliqulov, SHohmalik Komilov, Xusain Norchaev, Mo'minjon Meyliev, Murod Xo'jamberdiev.
Ilhom Alijonov hujjatlardagi muammo tufayli o'quv-mashg'ulot yig'iniga biroz kechroq qo'shiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar