"Nasaf" transfer oynasi yopilishiga 10 daqiqa qolganida bosniyalik hujumchini PFLdan ro'yxatdan o'tkazdi
27 fev 2022 00:06
Yangiliklar
"Nasaf" transfer oynasi yopilishiga 10 daqiqa qolganida bosniyalik hujumchini PFLdan ro'yxatdan o'tkazdi
Klub transfer oynasining so'nggi daqiqalaridan ham unumli foydalandi.
Qarshining "Nasaf" klubi transferlar oynasi yopilishiga 10 daqiqa qolganda hujumchini ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqida PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev o'zining telegramdagi kanalida malum qildi.
"Transfer oynasi yopilishiga 10 daqiqa qolganida "Nasaf" bosniyalik futbolchini chempionat uchun ro'yxatdan o'tkazdi. Qarshi klubi qish davomida so'nggi soniyalargacha kurashdi va rejalarini haminqadar amalga oshirdi. 2021 yil Nasaf uchun muvaffaqiyat tomonidan ham, saboq taraflama ham katta maktab bo'ldi. Biz klublarimiz bilan birgalikda o'sishga harakat qilyapmiz", -deb yozadi Diyor Imomxo'jaev.
Fikrlar