“Nasaf” to'rt yildan buyon “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmayapti
05 may 2018 01:33
Yangiliklar
“Nasaf” to'rt yildan buyon “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmayapti
Superliganing 10-turida mamlakat vice-chempioni “Nasaf” safarda “Bunyodkor”ga (1:2) imkoniyatni boy berdi.
Joriy mavsumda ketma-ket ikkinchi marta mag'lubiyat alamini tatib ko'rayotgan qarshiliklarning qaldirg'ochlarga qarshi o'zaro o'yinlarda g'alabasiz seriyasi ettita o'yinga etdi.
“Nasaf” so'nggi marta “Bunyodkor”ni 2014 yilning ikkinchi davrasida aynan Toshkentda 2:1 (SHomurodov va Gevorkyan gollarga muallifliq qilishgan) hisobida mag'lub etgandi. Oradan salkam to'rt yil o'tsa hamki (2015, 2016, 2017, 2018 1-davra) “ajdarlar” toshkentliklar ustidan zafar qozona olishmayapti.
Fikrlar