"Nasaf": “Suhaim bin Hamad Stadium”da ilk mashg'ulot
08 fev 2014 08:34
Yangiliklar


"Nasaf": “Suhaim bin Hamad Stadium”da ilk mashg'ulot
11 ming tomoshabinga mo'ljallangan ushbu stadion Qatar Sport klubi jamoasiga tegishli. O'yin oldi rasmiy mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq bo'ldi. Fursatdan foydalanib “Alkass” telekanali muxbirlari jamoamizning etakchi yarim himoyachisi Maqsud Karimovdan ertangi o'yin haqida qisqacha intervyu olishdi. Mashg'ulot avvalida jamoa bosh murabbiy futbolchilariga ertangi o'yinning ahamiyatini yana bir bor uqtirib, yilning ilk rasmiy o'yinida ularga yurtimiz sharafini himoya qilishlari uchun bor kuchlari bilan harakat qilishlari lozimligini takidladi.
Bir soatdan ortiqroq davom etgan mashg'ulotlar davomida futbolchilar murabbiy tomonidan yuklangan vazifalarni sidqidildan bajarishga intilishdi.
Darvoqe stadionida OAV xodimlari uchun ham barcha sharoitlar muhayyo. Eng muhimi vay fay orqali internetga ulanish borasida muammo yo'q. Ertangi o'yin klubimizning Tvitterdagi rasmiy sahifasi - @fcnasaf orqali matnli onlayn translyaciya qilish rejalashtirilgan.
Umid qilamizki, futbolchilarimiz ham ushbu o'yinda chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etib, minglab o'zbekistonlik muxlislarni xursand etishadi.
Aziz NURIY,
Doha, Qatar.
O'yin oldi mashg'ulotlardan fotojamlanmani quyidagi manzilda tomosha qilishngiz mumkin.

Fikrlar