"Nasaf": SHoxruh sovrinni gol bilan nishonladi
02 iyu 2015 06:10
Yangiliklar


"Nasaf": SHoxruh sovrinni gol bilan nishonladi
Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi va championat.asia sayti tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi” sovriniga aprel oyida jamoamiz yarim himoyachisi SHohruh Gadoev loyiq ko'rilgandi.
“Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvi arafasida O'FF hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi rahbari Noil Lutfulin yarim himoyachimizga tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan sovrinni topshirdi. Quvonarli tomoni, aynan ushbu uchrashuvning 32-daqiqasida SHohruh o'yinda hisobni ochib, sovrinni ajoyib tarzda nishonladi.

Fikrlar