"Nasaf": SHamil Samigulovichni tabriklaymiz!
06 iyu 2016 10:38
Yangiliklar
"Nasaf": SHamil Samigulovichni tabriklaymiz!
SHamil Samigulovichning klubimizga rahbarlik yillari salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida klubimiz infratuzilmasini rivoji, ishchi-xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar, klubimizning qo'lga kiritayotgan yutuqlarini va boshqa ko'plab misollarni keltirish mumkin.
Ayniqsa u kishi rahbarligidagi yoshlarga bo'lgan etibor – klub faoliyatining ustivor vazifasiga aylantirilgani etibor va etirofga loyiq. Bunday sai-harakatlar bugungi kunda o'z natijasini bera boshladi.
Mehnatga chanqoq, erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmaydigan rahbarimiz, doimo izlanishda va intilishda.
SHamil aka bugun qutlug' 60 yoshga to'ldilar! U kishini klubimizda mehnat qilayotgan barcha-barcha xodimlar nomidan, murabbiylaru-futbolchilar nomidan hamda “Nasaf” klubining ko'pmingsonli muxlislari nomidan samimiy tabriklaymiz! U kishiga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Rahbar sifatida olib borayotgan mashaqqatli faoliyatingizda aslo charchamang, deymiz!
Yana bir marta tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar