So’nggi yangiliklar

12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  1 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  57 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  11 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6

"Nasaf" sardori Umar Eshmurodov: "Dushanbedagi suniy qoplamali maydonga ancha moslashib oldik" Yangiliklar

"Nasaf" sardori Umar Eshmurodov: "Dushanbedagi suniy qoplamali maydonga ancha moslashib oldik"

14 may kuni Markaziy Osiyo mintaqasida OFK kubogi guruh bosqichi start oladi.

FOTO  OFK kubogi. "Nasaf"ning Dushanbedagi bugungi mashg'ulotidan maxsus GALEREYA

Qarshining "Nasaf" jamoasi joy olgan "F" guruhi o'yinlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi. "Ajdarlar" 10 may sanasidan beri musobaqa o'tadigan joyga etib kelishgan va mashg'ulotlarni olib borishmoqda. "Championat.asia" sayti xodimi Tolibjon Qosimov ana shu jarayonlarni bevosita voqea joyidan yoritib borish maqsadida Tojikistonga etib kelgan. Jamoaning bugungi mashg'ulotidan so'ng muxbirimiz qarshiliklar sardori Umar Eshmurodovdan qisqa intervyu oldi.

- "Nasaf" uchinchi kundirki Dushanbeda mashg'ulotlarni olib bormoqda. Tayyorgarlik jarayoni qanday davom etmoqda?

- O'yinlarimiz suniy qoplamali stadionda bo'lgani sabab mashg'ulotlarni ham aynan suniy maydonda olib boryapmiz. Bu maydonga ancha moslashib oldik, yaxshi. Juda qattiq emas, yumshoq. Boshqa suniy qoplamali maydonlarga qaraganda yaxshiroq. O'zimizni CHig'atoydagi maydondan ham yumshoqroq ekan.

- Uch kunlik mashg'ulotlardan keyin o'yinchilarda qandaydir og'riqlar yo'qmi?

- Og'riqlar bor. Lekin, har kuni mashg'ulot olib boraverganingizdan keyin oyoqlar va bel og'riqlarga ancha ko'nikib qoladi. Sekin-sekin og'riqlar kamayadi va umuman yo'qoladi. Aynan shu sabab o'yingacha moslashib olish maqsadida Dushanbega ertaroq keldik. Maqsad - mana shunday og'riqlar o'yin payti bo'lmasligi uchun va shunday yo'l tutilgani yaxshi bo'ldi.


- Sardor sifatida jamoada o'yinchilarning kayfiyati qanday ekanligini ayta olasizmi?

- Kayfiyat yaxshi, hamma o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rdi. Alloh nasib qilsa yaxshi natijalar qayd etib guruhdan chiqishimiz kerak. Faqat g'alaba uchun harakat qilamiz, tayyorgarlik ham shunga yarasha. Hamma sog'-salomat va o'yinga shay.


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston

VIDEO  OFK kubogi-2021. "Nasaf"ning bugungi mashg'uloti va Umar Eshmurodov bilan intervyu

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика