"Nasaf": Raqibimiz “Al Ahli” yirik g'alabaga erishdi
29 apr 2015 11:39
Yangiliklar

"Nasaf": Raqibimiz “Al Ahli” yirik g'alabaga erishdi
“Nasaf”ning OCHL 6-turidagi raqibi – Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi kecha o'z chempionati doirasida “Al Fath” jamoasini qabul qilib, yirik g'alabaga erishdi – 5:0.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Taisir Al Jassim o'yinda hisobni ochib gollar shousini boshlab bergan bo'lsa, zaxiradan maydonga tushganiga Mohanad Asiri birinchi bo'limning so'nggi soniyalarida oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 57-daqiqada Mustafa Al Bassas hisobni yirik ko'rinishga keltirgan bo'lsa, 74-daqiqada mehmonlar azosi Abdulloh Al Dossari avtogol muallifiga aylandi. O'yingga so'nggi nuqtani jiddaliklarning braziliyalik legioneri Osvaldo qo'ydi. Mohanad Asiri o'rniga zaxiradan maydonga tushgan legioner 88-daqiqada beshinchi to'pni darvozaga kiritib, o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi -5:0.
Ushbu g'alabadan keyin “Al Ahli” futbolchilari 58 ochko bilan Saudiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi pog'onada borishmoqda. CHempionat tugashiga 2 tur qolgandi jiddalik futbolchilar chempionat peshqadami “Al Nasr” futbolchilaridan ikki ochko ortda qolishmoqda.
“Al Ahli” futbolchialari Saudiya chempionatida navbatdagi uchrashuvni 10 may kuni o'z maydonlarida “Al Taavon” jamoasi bilan o'tkazadi. Ungacha jiddaliklar 5 may kuni Qarshida jamoamiz bilan kuch sinashadi.

Fikrlar