So’nggi yangiliklar

14:56Гранд клублар "Ньюкасл" тарбияланувчиси учун курашмоқда  0 14:27"Реал" 3 та трансферни фойдали нархда амалга оширмоқчи  2 13:59"Интер" ва МЮ "Барселона" ҳимоячиси учун курашади  0 13:32Ана холос! Яхшибоев "Локомотив"да ўйнамайди  9 13:18МЮ футболчиси жароҳат олди  0 12:56"Ғазалкент" Elit Academy билан ҳамкорлик қилади   1 12:36ПСЖ асосий футболчиси билан янги шартномани келишиб олди  0 12:08"Динамо" ҳужумчиси ярим йилга сафдан чиқди  4 11:47"Гулистон" жамоасига бош мураббий тайинланди  2 11:24Адвокат Кюрасао терма жамоаси бош мураббийи лавозимини тарк этди  4 10:55Антуан Гризманн МЛС клубига ўтиши мумкин  2 10:23"Манчестер Юнайтед" ҳимоячиси ҳайдовчилик гувоҳномасидан 6 ойга маҳрум қилинди  4 09:55Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин  0 09:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди  2 08:52Нури Шахин: "20 йил ичида биринчи марта таътилда бўлдим"  0

“Nasaf” raqibi “Mohun Bagan” cafidagi legionerlar haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

“Nasaf” raqibi “Mohun Bagan” cafidagi legionerlar haqida nimalarni bilamiz?

22 sentyabr kuni “Nasaf” Qarshida OFK Kubogi yarim finalida Hindistonning “Mohun Bagan” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Quyida etiboringizga raqib jamoaning legionerlari bilan yaqindan tanishtirib o'tamiz.

Aytish kerakki, “Mohun Bagan” klubida Avstraliya, Fiji, Franciya va Irlandiya mamlakatlaridan olib kelingan legionerlar OFK kubogida jamoaga yordam bermoqda.

Roy Krishna (Fiji)

“Atk Mohun Bagan”ning bugungi kundagi sardori va to'purar futbolisi Roy Krishna 1987 yil 30 avgust kuni Fiji mamlakati Labasa shahrida dunyoga kelgan. Faoliyati mobaynida Yangi Zelandiya chempionati ko'p vaqt to'p tepgan. Dastlab “Vaytakere Yunayted” safida 2008-2013 yillar oralig'ida o'ynagan. 2013 yilda bir muddat “Oklend Siti” sharafini himoya qilgan. 2014-2019 yillarda esa “Vellington Yunayted”da faoliyatini davom ettirgan. 2019 yildan boshlab esa u Hindistonda to'p tepa boshlagan. O'sha yili u “Atletiko Kalkutta” sharafini himoya qildi. 2020 yildan boshlab esa “Atk Mohun Bagan” sharafini himoya qilmoqda. Darvoqe, Krishna 2019 yilda Hindiston Superligasida 15ta gl urib, chempionat to'purarlar qatoridan o'rin olgandi.

Krishna 2007 yildan buyon Fiji milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. SHu vaqtga qadar u terma jamoa libosida 41ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 marotaba gol urgan.




Ugo Bumus (Franciya)

Franciyalik hujumkor yarim himoyachi Ugo Bumus 1995 yilning 24 iyul kuni Renn shahrida dunyoga kelgan. Faoliyatini Franciyaning quyi liga jamoasi “Laval”da boshlagan. 2016-2018 yillar oralig'ida esa Marokash chempionat azosi “Mogreb Tetuan” sharafini himoya qilgan. 2018 yildan boshlab esa faoliyatini Hindiston chempionatida davom ettirmoqda. Dastlab u “Goa”da bir muddat to'p tepdi. So'ngra, “Mumbai Siti”ga ko'chib o'tdi. 2021 yildan boshlab esa u “Atk Mohun Bagan” azosi sifatida maydonga tushmoqda.




Devid Uilyams (Avstraliya)

Uilyams 1988 yilning 26 fevral kuni Avstraliyaning Brisben shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Daniya, Avstraliya, Vengriya va Yangi Zelandiya chempionatlarida to'p surgan. 2019 yildan boshlab esa Devid Hindistonga keldi va “Atletiko Kalkutta” klubi safida to'p surdi. So'ngra, 2020 yildag boshlab “Atk Mohun Bagan”ga ko'chib o'tdi. Devid asosan vinger sifatida to'p suradi.

Devid Avstraliya milliy terma jamoasiga ham chaqirilgan. Faqatgina, 2008 yilda Xitoyga qarshi kechgan Jahon chempionati saralash bosqich uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan.




Karl MakXyu (Irlandiya)

Irlandiya fuqaroligiga ega bo'lgan Karl MakXyu 1993 yilning 5 fevral kuni Lettermakavard shahrida dunyoga kelgan. “Suindon”, “Dandolk”, “Bradford Siti”, “Plimut Argayl” va “Mazervell” klublari sharafini himoya qilgan MakXyu 2019 yildan boshlab Hindistonda to'p tepmoqda. Dastlab u “Atletiko Kalkutta”da o'ynadi. 2020 yildan esa “Atk Mohun Bagan”da to'p surmoqda. SHuni aytish kerakki, Karl asosan markaziy himoya va markaziy yarim himoya poziciyalarida to'p tepadi.

Futbolchi Irlandiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida to'p tepgan.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика