So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Nasaf" raqibi “Al-Xidd” haqida Yangiliklar

"Nasaf" raqibi “Al-Xidd” haqida

“Nasaf” bu yilgi OCHL musobaqasini o'tish bosqichidan boshlashidan xabaringiz bor. Yani, klubimiz mamlakatimiz futbol klublari orasida yangi futbol mavsumini ertaroq boshlaydi.

Jamoa 31 yanvar kuni Osiyo chempionlar ligasining o'tish bosqichida Bahraynning “Al-Xidd” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Bahrayn mamlakati jamoalari yurtimiz futbol klublari bilan juda kam uchrashuv o'tkazishgan. Bu bilan ushbu mamlakat futbol jamoalari bizga unchalik malum emas. Aniq qilib aytadigan bo'lsak, malumotlar kam.

Biz quyida bo'lajak raqib haqida umumiy malumotlarni etiboringizga havola qilayapmiz.

Klubning to'liq nomi: “Al-Xidd” sport va madaniyat klubi (AL HIDD (BHR)
Klub rahbari: Axmad Salmon Almusallam
SHahar: Muxarraq shahri, Bahrayn
Tashkil etilgan yili: 1945 yil
Stadioni: Bahrayn milliy stadioni, Al-Rifa shahri, sig'imi 35580 o'rin
Bosh murabbiyi: Iso Alhamdani (Bahrayn)
Musobaqa: Bahrayn premer-ligasi (10ta jamoa)
Laqabi: “cunami”



Bahrayn premer-ligasi 1952 yili tashkil etilgan va kuz-bahor tizimida o'tkaziladi. Ligada jami 10ta jamoa ishtirok etadi. Oxirgi o'rinni egallagan jamoa 1-ligaga tushib ketadi. Amaldagi mamlakat chempioni “Al-Xidd” klubi hisoblanadi.

“Al-Xidd” futbol klubi 1945 yilda tashkil etilgan. O'tgan 2014/15 yilgi Bahrayn premer-ligasida  o'z tarixidagi ilk chempionlikni nishonlagan.

Bu yilgi mavsumda 9ta o'yin o'tkazib, turnir jadvalini 7-pog'onasini band etib turibdi. Bo'lib o'tgan 9 uchrashuvning ikkitasida g'alaba, 4 uchrashuvda durang va uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Raqiblari darvozasini 8 marta ishg'ol qilib, o'z darvozalaridan 10ta to'p olib chiqishgan.

Ayni paytda Bahraynda kubok bahslari bo'lib o'tmoqda. Raqib dekabr oyida jami 4ta uchrashuvda maydonga tushdi. SHulardan 2tasi Bahrayn premer ligasi uchrashuvi bo'lsa, qolgan 2tasi Bahrayn kubogi uchrashuvlaridir. Premer liga uchrashuvlarining ikkalasida ham mag'lubiyatga uchragan “Al-Xidd” klubi, kubok bahslarining birida 4:0 hisobida g'alaba qozondi. 30 dekabr kuni bo'lib o'tgan “Manama klub” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda esa yirik 5:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

“Al-Xidd” klubi navbatdagi rasmiy uchrashuvni 5 yanvar kuni “Najma Manama” klubi bilan o'tkazadi. Bu uchrashuv Bahrayn Futbol Assosaciyasi Kubogi doirasida bo'ladi.

“Al-Xidd” jamoasi tarkibida mahalliy futbolchilar bilan birgalikda legioner futbolchilar ham faoliyat yuritadi. Davralar oralig'ida raqib tarkibida o'zgarishlar yuzaga kelishi ham mumkin. Lekin hozircha jamoa tarkibida uch nafar nigeriyalik va bir nafar iordaniyalik legioner futbolchilar bor. Bular,  Efidayo Omasui, Uche Agba, Okarandut Orok, Muhammad Aldovudlardir.

“Al-Xidd” klubining ikki o'yinchisi Bahrayn terma jamoasi sharafini ham himoya qilishadi. Bular darvozabon - Abbos Ahmad, hujumchi – Abdulvahob Almaludlardir.

Raqib tarkibi haqidagi  to'liq malumotni keyinroq etiboringizga havola qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика