"Nasaf" - "Qo'qon-1912" prevyu

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2018, 09:25
Superliga 18-tur uchrashuvini “Qo'qon-1912” jamoasiga safarda mamlakatimizning yetakchi klublaridan biri – “Nasaf”ga qarshi o'tkazadi.

Quyida ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.
 
18-to'qnashuv arafasida
Mazkur jamoalar bunga qadar O'zbekiston chempionatlarida 17 marta tuqnash kelishgan. 12 ta uchrashuvda “Nasaf” g'alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Birinchi davrada Qo'qonda o'tkazilgan bahsda birinchi marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati – 19-35 “Nasaf” foydasiga.
Qarshiliklar o'zaro uchrashuvlarda 37 ochkoni qo'lga kiritishgan. Qo'qonliklarning bu boradagi ko'rsatkichi esa 13 taga teng.

Qarshi shahrida bo'lib o'tgan so'nggi beshta uchrashuv:
06.08. 2017 “Nasaf” – “Qo'qon-1912” – 3:0
15.04. 2016 “Nasaf” – “Qo'qon-1912” – 1:0
02.04. 2015 “Nasaf” – “Qo'qon-1912” – 3:0
18.06. 2003 “Nasaf” – “Qo'qon-1912” – 4:0
24.08. 2002 “Nasaf” – “Qo'qon-1912” – 4:1

Yana Qodirov
Qarshi shahrida bo'lib o'tadigan Nasaf – Qo'qon-1912 uchrashuvini Zokir Qodirov boshchiligidagi Navoiylik hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.
Qiziqarli tomoni yuqoridagi hakamlar guruhi superliganing 7-turidan o'rin olgan Qo'qon-1912 – Nasaf o'yinini ham boshqarib borgan edi. Qo'qonda bo'lib o'tgan o'sha o'yinda hisob ochilmagan edi.
 
Boshlanish vaqtlari
“Nasaf” - “Qo'qon-1912” –  uchrashuvi 23 iyul kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 21:00da boshlanadi. O'rinbosarlar o'yini esa 22 iyul kuniga belgilangan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz