So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

“Nasaf” PFK taqdirlash marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“Nasaf” PFK taqdirlash marosimini o'tkazdi

Teglar :  Nasaf
Avval xabar qilganimizdek 27 dekabr kuni “Nasaf” PFK Qarshi shahridagi muhtasham “Oazis” restoranida tanatanalli ravishda taqdirlash marosimini o'tkazdi.

O'zingizga malumki, Qarshining “Nasaf” jamoasi o'tib borayotgan mavsumda o'z tarixida ilk marta O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Ushbu sovrinni jamoa o'z tarixida beshinchi marta finalga chiqib, qo'lga kiritdi. Albatta bu jamoa barcha-barchani quvonchiga quvonch shodligiga shodlik qo'shdi. Jamoa bu yutuqdan tashqari o'z tarixida to'qqizinchi marta bronza sovriniga ham egalik qildi.

Bu sovrinlarni qo'lga kiritish uchun “Nasaf” PFKning oddiy xodimidan tortib klub rahbariyati va shuningdek klubning bosh hoimiysi bo'lgan “SHo'rtangazkimyo” majmuasi rahbariyatining ham ulkan hissalari bor, ularning katta mehnati  va etibori tufayli ana shunday katta muvaffaqiyatga erishildi.

Tanatanali marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro'ziev bilan birga viloyat hokimligi mutasaddilari, bosh homiy – “SHo'rtangazkimyo” majmuasi bosh direktori Odil Temirov boshchiligidagi majmuaning rahbar xodimlari, “Nasaf” PFK rahbariyati, murabbiylar, barcha futbolchilar, klubda mehnat qilayotgan masul xodimlar, O'zbekiston PFL direktori Farxod Magomedov va Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh taniqli jurnalistlar, klub muxlislari va ko'pgina rasmiy kishilar ishtirok etishdi.

Tantanali marosim avvalida Qashqadaryo viloyati hokimi, senator Zafar Ro'zievga so'z berildi. Viloyat hokimi “Nasaf” futbol klubi rahbariyatini va murabbiylarni hamda barcha futbolchilarni  qo'lga kiritilgan sovrinlar bilan qizg'in muborakbod etdi. Jumladan: ” Qashqadaryo viloyati ahli siz futbolchilarning bu yilgi mavsumda qo'lga kiritgan yutuqlaringiz bilan faxrlanadi, shuni alohida takidlamoqchimanki, viloyatimizning bu yilgi ko'rsatkichlari har yilgidan yuqori bo'ldi, bu viloyatimizning rivojlanib borayotganini ko'rsatadi. Ana shu erishilgan yuqori ko'rsatkichlarda siz aziz futbolchilarning ham katta hissalaringiz bor, yani sizning har bir yutug'ingiz Qashqa vohasida istiqomat qilib, mehnat qilayotgan insonlarning kuchiga – kuch, g'ayratiga – g'ayrat qo'shadi, ularning yangi marralar sari ruhlantiradi. Umid qilamanki, kelajakda siz bilan birgalikda bundanda yuqori zafarlarni qo'lga kiritamiz. Ana shunday yutuqlaringiz bilan ahlimizni xursand qilavering”, – deydi viloyat hokimi.

Viloyat hokimi o'z so'zidan so'ng futbolchlarga va klub xodimlariga viloyat hokimligining maxsus sovg'alarini topshirdi.

SHundan so'ng so'z O'zbekiston PFL direktori Farxod Magomedovga berildi, u kishi “Nasaf” PFK futbolchilari va rahbariyatini bu yilga sovrinlar bilan O'zbekiston Futbol Federaciyasi va PFL nomidan qizg'in tabrikladi hamda futbolchilarga kumush medallarni tantanali ravishda topshirdi.

Taqdirlash marosimida “Nasaf” PFK tomonidan tashkil etilgan bir qancha nominaciyalar o'z sohiblariga topshirildi. Nominantlar elon qilinishidan avval klub matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish qilinib turildi.

“Jarima zarbalar qiroli” nominaciyasi sohibi, jamao sardori Artur Gevorkyan bo'ldi. Sovrinni Qashqadaryo viloyat hokimi muovini G'ayrat Jo'raev topshirdi.

“Yilning eng yaxshi darvozaboni” sovrini Eldorbek Suyunovga, “Yilning eng yaxshi hujumchisi” sovrini, jamoa to'purari Ilhom SHomurodovga, “Yilning eng yaxshi himoyachisi” sovrini SHerzod Azamovga, “Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi” sovrini Erkin Boydullaevga, “Yilning ixtirosi” sovrini Odilbek Hamrobekovga, “Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi” sovrini Aziz G'anievga topshirildi.

Tanatanali kechada qo'lga kiritilgan yutuqlarga o'zlarining mehnatlari orqali hissa qo'shgan ko'pdan-ko'p kishilarga sovg'alar va tashakkurnomalar ham topshirildi. Ana shunday tashakkurnomalar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, o'zbek futbol jurnalistlarining ustozi, otaxon futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo'jaevga va Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh jurnalistlarga, Qashqadaryo Teleradiokompaniyasi jurnalisti Jahongir To'ychievga, championat.asia futbol portali rahbari – Nodir Yuldashevga, “Futbol sharhi” teleko'rsatuvi muallifi va boshlovchisi hamda futbol sharhlovchisi Zafar Imomxo'jaevga, voha.uz Qashqadaryo futbol muxlislari veb sayti bosh mamuri Renat Ernazarovga va boshqalarga topshirildi.

Taqdirlash marosimida “Nasaf” futbol klubining bir guruh faol muxlislari ham maxsus sovg'alarga ega bo'lishdi. Kechada muxlislar klubi etakchisi O'ktam Uzoqovga ham so'z berildi. O'.Uzoqov jamoaning qo'lga kiritgan yutuqlari bilan qizg'in tabriklab, o'zlari tayyorlab kelishgan sovg'alarni nominantlarga topshirishdi.

“Nasaf” PFK muxlislar klubining maxsus sovg'alari minnatdorchilik ramzi sifatida klub bosh homiysi – “SHo'rtangazkimyo” majmuasi bosh direktori Odil Temirovga, klub bosh menedjeri SHamil Yarulinga, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga, futbol sharhlovchisi, jurnalist Zafar Imomxo'jaevga, voha.uz sayti bosh mamuri Renat Ernazarovlarga topshirildi.

“Nasaf” muxlislar klubi bu yilgi mavsumda bir ovozdan “Yilning eng yaxshi o'yinchisi” sifatida jamoa himoyachisi SHerzod Azamovni tanlashdi, tantanali kechada “Nasaf” muxlislar klubi etakchisi O'ktam Uzoqov SHerzod Azamovga shu munosabat bilan maxsus sovg'ani tantanali ravishda topshirdi.

Tantanali kechaning eng hayajonli daqiqasi sifatida, “Nasaf” futbol klubi rahbariyati tomonidan mahrum Nuriddin aka Zaynievni xotirlash bo'ldi. Taqdirlash marosimi qatnashchilariga u kishining klub bilan bog'liq hayoti to'g'risida maxsus videorolik keng ekranda namoyish etildi. Ushbu videorolikni hamma o'rinlaridan turgan holda tomosha qilishdi va namoyishdan so'ng zalda davomli gulduros qarsaklar yangradi.

Kutilmagan bu holat ko'pchilikni larzaga soldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Buni ko'rib, marhum Nuriddin aka Zaynievning porloq xotirasi barcha voha ahli qalbida hali uzoq vaqtlar yashashligini beixtiyor fikr qildik.

Namoyishdan so'ng “Nasaf” klubi bosh menedjeri quyidagi fikrlarni bildirdi “Marhum Nuriddin akaning porloq xotirasi qalbimizda mangu o'rin egallagan bo'lsada, u kishini mana shunday quvonchli kunlarimizda ham eslamasak menimcha o'rinsiz bo'ladi. Nuriddin Zaynievichdek futbolga fidoyi insonni menimcha nafaqat biz, balki butun mamlakatimiz futbol ishqibozlari ham hurmat qilishadi. U kishining ayniqsa “Nasaf” futbol klubining shakllanishida qilgan mehnatlari beqiyosdir. Nuriddin akaning porloq xotirasi hamisha qalbimizdadir. Biz hamisha u kishining yonimizdagidek his qilamiz, o'ylaymanki yutuqlarimiz u kishining ham ruhlarini shod qiladi”.

SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ham so'z so'radi, “Bizning bugungi yutug'imizda “Nuriddin akaning juda katta hissalari bor, u kishi “Nasaf” futbol klubining professional darajaga chiqishida poydevor qo'ygan insondirlar, Nuriddin akaning bevosita g'amxo'rligi va bergan ko'rsatmalari evaziga “Nasaf” jamoasi  mana shunday jangovor ruhga ega bo'ldi. Bu ruh “Nasaf”da hech qachon yo'qolmaydi”.

Kechada klub rahbariyati tomonidan  minnatdorchilik ramzi sifatida tayyorlangan maxsus sovg'a marhum Nuriddin aka Zaynievning oilasi vakili (ukasi) Ilhom Zaynievga topshirildi. SHundan so'ng Ilhom Zayniev so'z olib, jumladan shunday dedi: “Avvalam bor oila-azolarimiz nomidan klub rahbariyatiga katta tashakkurimizni izhor qilaman, Nuriddin akam barchamizga “Nasaf”ga qanday muxlislik qilishimizni o'rgatib ketdilar, u kishi to jon taslim qilgunlaricha faqat “Nasaf” dedilar, u kishining yoniga, kasalxonada davolanayotgan paytlari borganimda salom alikdan so'ng birdan so'ragan narsalari “Nasaf” haqida bo'lar edi, shundan so'ng boshqalar haqida so'rar edilar, afsuski u kishi “Nasaf”ning mana shunday katta yutuqni qo'lga kiritganini ko'rmay ketdilar, ko'rganlarida qanday quvonishlarini tasavvur qilaman. Keling hammamiz u kishidek “Nasaf”ga sodiq muxlis bo'laylik, sevikli jamoamizning bundan katta yutuqlarni qo'lga kiritishida elkadosh bo'laylik”.

Tantanali marosimda bir guruh sanatkorlar kecha qatnashchilari xizmatida bo'lishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика