So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat yuzasidan PFL Tartib-intizom qo'mitasi qarori Yangiliklar

“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat yuzasidan PFL Tartib-intizom qo'mitasi qarori

Teglar :  O'zPFLPaxtakorNasaf
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Tartib-intizom qo'mitasi 19 noyabr kuni, Oliy Liga 29-turi doirasida Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tgan “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng, stadiondagi muxlislar va “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o'rtasida yuz bergan voqeani o'rganib chiqdi.

O'yindan so'ng, Aleksandr Lobanov maydonni tark etar ekan, “Nasaf” klubi muxlislari uning shaniga noloyiq so'zlarini yo'llab, haqorat qilishgan. "Paxtakor" darvozaboni esa bunga noo'rin harakatlar bilan javob qaytargan. Mazkur holat PFL Tartib-intizom qo'mitisi tomonidan o'rganib chiqilgach, futbolchi Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab uning jamoasi “Paxtakor” klubi 50 000 000 (ellik million) so'm miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.

O'z navbatida, “Nasaf” klubi muxlislarining muxlislik madaniyatiga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) so'm miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.

Agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo'lsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanadi. Jumladan, "Nasaf" klubi muxlislari tomonidan shunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazadi.

Reyting: -341   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика