So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

"Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912" darvozasiga 3ta gol urdi Yangiliklar

"Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912" darvozasiga 3ta gol urdi

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Nasaf" (Qarshi) - "Qo'qon-1912" (Qo'qon) 3:0
2 aprel 2015 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Gollar: SHoxruh Gadoev, 28 (Hamza Karimov). Bahrom Abdurahimov, 61 (Roy Rok). Oleksandr Kablash, 63.

CHetlatish: Bahrom Abdurahimov Quvondiq Ro'ziev, 71 (ikkinchi sariq)
"Nasaf":
30.O'tkir Yusupov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev, 23.SHerzod Azamov (16.Alisher Yusupov, 85), 27.Ilhom Yunusov (S), 32.Hamza Karimov, 99.Oleksandr Kablash.
Zaxira:
25.Eldor Suyunov, 5.Botir Qoraev, 6.Aziz G'aniev, 7.Akram Baxritdinov, 17.Artur Gevorkyan, 38.Doniyorjon Narzullaev.

"Qo'qon-1912":
16.Andrey Baklanov, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 7.Izzatbek G'aniev (28.Aleksey Nikolaev, 64), 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Doniyor Usmonov (9.Nosir Otaqo'ziev, 62), 17.Aziz To'xtaboev (S) (19.Vladimir Argun, 84), 18.Sardor Eminov, 22.Orif Mamajonov, 23.Furqatjon Hasanboev, 24.Ilya Ilin.
Zaxira:
12.Aziz Ashurov, 4.Qahramon Mahamadjonov, 8.Nodirbek Qo'ziboev, 15.Maruf Zokirjonov.


                                      MATNLI TRANSLYACIYA
                                                YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912" jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.


90. Valentin Kovalenko ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


90. Jalil Kimsanov o'ng qanotdan oldinga intilayotganida Aziz G'aniev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

88. CHETLATISH! Bahrom Abdurahimov raqib jarima maydoni ichida simulyaci ishlatgani uchun hakam tomonidan ikkinchi sariqni qabul qilib oldi.

85. Har ikki jamoa tarkibida uchtadan o'yinchi almashtirib bo'lindi.

83. Sardor Eminovning bu safargi zarbasi ham xavfli tus oldi. Ammo aniqlik yo'q.

82. ZARBAAA!!! Yunusov jarima maydoni tashqarisida darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Baklanov bu safar ham maxorat ko'rsatib, to'pni ushlab oldi.

81. Xasanboev chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydoni ichiga uzatib berdi. Mamajonovning bosh bilan darvoza tomon yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. O'tkir Yusupov o'z o'rnida.

79. Kablash chap qanotdan to'pni egallab olib jarima maydoni ichida to'pni o'zidan biroz uzoqlashtirib yubordi.

78. Ilhom SHomurodov o'rniga Aziz G'aniev tushirildi.

77. Gadoevda dubl qayd etishi imkoniyati yuzaga kelgandi. Lekin SHoxruhning 15 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.

76. Sardor Eminov katta tezlik bilan chap qanotdan oldinga intildi. raqiblari qurshovida bo'lishiga qaramay futbolchi daroza tomon zarba yo'lladi. To'p esa ustun yonginasidan o'tib ketdi.

74. "Nasaf" tarkibida ilk o'zgarish. Roy Rok o'z o'rnini Botir Qoraevga bo'shatib bermoqda.


72. Qolgan daqiqalarni mehmonlar endi 10 kishi bo'lib o'tkazadi

71. CHETLATISH! Quvondiq Ro'ziev markazda to'p uchun kurashda Yunusovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam esa unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, ketidan qizil berdi. 

66. Yunusov chap qanotdan oldinga o'tdi. Uning jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga Kablash etib kela olmadi. Ukrainalik hujumchi bugun ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurdi.

66. Doniyor Usmonov jaroxat olib maydonni tark etdi.

65. Qo'qonliklar tarkibida ketma-ket o'yinchilar almashtirildi.

62. GOOOLLL!!! Bu safar Kablash o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi

61. GOOOLLLLL!! Bahrom Abdurahimov! Roy Rokning pasidan so'ng 18-raqamli futbolchi kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi.

55. Qisqa vaqt ichida oliy liga debyutanti raqibni qiyin vaziyatga tushirib qo'ydi. Usmonov sal bo'lmasa hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo Hamza Karimov to'pni qaytarishga erishdi.

54. Jalil Kimsanovning kuchli zarbasi Roy Rokka tegib qaytdi.

53. To'p nazoratini qo'qonliklar tomonida. Mehmonlar bir-birga pas oshirgan xolda, qulay vaziyatni poylamoqda.

50. Gadoev bugun ancha faol! SHoxruh jamoadoshi Abdurahimov pas o'ynadi. Ammo Bahrom so'nggi pallada aniq xarakat qila olmadi.

48. Doniyor Usmonov to'pni egallab olib mezbonlar jarima maydoni sari yurish qildi. Unga Hamza Karimov qarshilik ko'rsatdi. Usmonovning zarbasi ustun yonginasidan o'tib ketdi.

47. Abdurahimovning tahminan 25 metrlardan yo'llagan zarbasi to'sin ustidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi taymga start berildi.

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.


Birinchi taym tugadi. TANAFFUS!

45. Valentin Kovalenko birinchi bo'limga qo'shimcha ravishda vaqt qo'shib berishni lozim topmadi.

45. ZARBAAAA! Bu safar Maqsud Karimov deyarli 1 metrdan darvozani aniq nishonga ola bilmadi. Aniqrog'i Baklanov bu safar ham maxorat ko'rsatdi.

42. Yana SHerzod Azamov o'ng qanotdan oldinga o'tdi. Uning mehmonlar jarima maydoni ichiga oshirgan to'piga birinchi bo'lib Baklanov ega chiqdi.

41. Gadoev o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. SHomurodov esa o'zidan ham qulay turgan sherigi Abdurahimovni to'p bilan taminladi. Bahromning kuchli zarbasi Ilya Ilinga tegib qaytdi. Zarba kuchli edi!

40. Bugungi o'yinni bitta nominal hujumchi bilan boshlagan "Qo'qon-1912" asosiy etiborni qarshi hujumga qaratayotgandek.

37. OGOHLANTIRISH! Mehmonlar qarshi hujum uyushtirdi. G'aniev to'p bilan oldinga tashlanayotganida uni Bahrom Abdurahimov qo'li bilan ushlab qoldi.

35. "Nasaf"ning o'ng qanot himoyachisi SHerzod Azamov bugun ancha faol!

34. Mezbonlar hujumni kuchaytirmoqda.

32. Azamov o'ng qanotdan to'pni havolatib jarima maydoni ichiga uzatdi. Ammo Roy Rok unga vaqtida etib kela olmadi.

29. GOOOOLL! SHoxrux Gadoev! CHap qanotdan uzatilgan to'pni aniq zarbasi bilan mehmonlar darvozasiga joylab qo'ydi. PAS: Hamza Karimov!

28. ZARBAAAAA!!! Ilhom Yunusovning  2 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Jalil Kimsanov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

25. "Nasaf" futbolchilari xakam xushtagini kutib o'tirmadi va to'pni o'yinga kiritib, Gadoevni oldinga boshladi. Ammo to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.

25. Izzat G'aniev raqibi SHomurodovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. 

23. Abdurahimov-Gadoev-SHomurodov kombinaciyasini xavfli ko'rinish oldi. Ammo yakuniy zarbaga kelganda, aniqlik etishmadi.

21. To'xtaboev jarima maydoni tomon kirib borayotgan jamoadoshi Ro'zievga to'pni uzatdi. Ammo mezbonlar to'pni qaytarib, xavfnim bartaraf etdi.

20. Doniyor Usmonov markazda to'pni qabul qilib oldinga tashlandi. Ammo u Hamza Karimovdan o'tib keta olmadi. 


19. Gadoev katta tezlikda chap qanotdan oldinga intildi. Uning jarima maydoni ichida turgan Kablashga uzatgan to'pi anchagina yuqori ketdi.


17. Endi kurash markazga ko'chdi.

16. ZARBAAA! Yana Andrey Baklanovga tasannoo! Koblashning bosh bilan yo'llagan zarbasini "Qo'qon-1912" posboni arang qaytarishga erishdi.


15. Erkin Boydullaevning chamasi 20 metrlardan bergan zarbasini Xasanboy Ergashev qaytardi.

13. Sardor Eminov yana bir bor jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pidan so'ng, Orif Mamajonov o'yindan tashqari xolatda deb topildi.

12. Eminov jamoadoshi Ro'ziev bilan kombinaciya o'ynadi.  Ammo bu ko'ngildagidek chiqmadi va "Nasaf" futbolchilari xavfni bartaraf etib yubordi.


11. Baklanov to'pni oldinga uzatdi. To'xtaboev bilan to'p uchun kurashda mezbonlar vakili qo'pol xarakat qildi. Jarima zarbasi!

10. Endi mehmonlar hujumga o'tdi. Aziz To'xtaboev markazdan oldinga yurish qildi to'pni Doniyor Usmonovga oshirdi. Ammo "Nasaf" himoyachisi to'pni qaytarib yubordi.


8. XAVFLIII HUJUM! Kablashni jamoadoshlari oldinga boshlab to'pni unga uzatdi. Oleksandr darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib darvoza tomon zarba yo'lladi. Ammo Baklanov aniq xarakat bilan to'pni ushlab oldi.

6. Xavfli vaziiiyayayat! Azamov o'ng qanotdan to'pni havolatib jarima maydoni ichiga oshirdi. Ammo Gadoev bu to'pga sakrab eta olmadi.

5. To'p nazorati hozircha "Nasaf" futbolchilarida.

4. Mezbonlar o'ng qanotdan hujum tashkil etmoqchi bo'ldi. Lekin SHerzod Azamovning yo'liga Sardor Eminov g'ov bo'ldi.


2. Bugun "Nasaf"ning etakchisi Artur Gevorkyan boshlang'ich tarkibga kiritilmagan. Uning o'rnida Koblash xarakat qilmoqda.


1. OGOHLANTIRISH! Quvondiq Ro'ziev raqibi Bahrom Abdurahimovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.


1. To'pni "Qo'qon-1912" futbolchilari o'yinga kiritib berdi. 


UCHRASHUV BOSHLANDI!!!

Mezbonlar bugun ko'k rangli, mezbonlar esa oq rangli libosda xarakat qiladi.

DIQQAT! Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelmoqda.


O'zaro 10 uchrashuvning 6tasida "Ajdarlar" g'alaba qozongan. Qolgan to'rt bahsda qo'qonliklar muvaffaqiyat qozongan.


Ushbu jamoalarning shu kungacha o'tkazgan o'zaro o'yinlariga nazar tashlasak, bu borada "Nasaf"ning ustunligini ko'rish mumkin.

Soat 17:57! Darvoqe, Qo'qondan ham bir guruh ashaddiy ishqibozlar sevimli jamoasini qo'llab quvvatlash maqsadida Qarshi shahriga etib kelgan.


Soat 17:55! Muxlislarning stadionga tashrifi davom etmoqda. 



Soat 17:45! Stadion suxandoni Xusan Temirov ayni damda jamoalarning tarkibini o'qib eshittirmoqda.



Har ikki jamoa futbolchilari o'yinoldi mashklarini bajarib, kiyinish xonasiga yo'l oldi.



Yana bir necha daqiqalardan so'ng uchrashuv start oladi. 


Diqqat qiling! Qarshi shahridagi "Markaziy" stadiondan reportajimizni boshlaymiz. 


Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика