So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

“Nasaf” – “Olmaliq” uchrashuviga oid Yangiliklar

“Nasaf” – “Olmaliq” uchrashuviga oid

Teglar :  Nasaf
Kelayotgan 8 avgust dushanba kuni XXV O'zbekiston milliy chempionatining 17-turiga start beriladi.


“Nasaf”ning 17-turdagi uchrashuvi haqida

“Nasaf” jamoasi joriy chempionatning navbatdagi 17-turida “Olmaliq” jamoasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 8 avgust dushanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi. Ushbu uchrashuv jamoamizning bu yilgi chempionatdagi uy uchrashuvlarining to'qqizinchisi bo'ladi.

“Nasaf” o'tgan turdagi uchrashuvda “SHo'rtan” jamoasi ustidan yirik hisobdagi g'alabani nishonladi. Bu qo'lga kiritilgan yutuq  o'yinchilarimiz ruhiy holatiga ham ijobiy tasir qilishi turgan gap.

Jamoamiz bu yilgi chempionatning o'tgan 16 uchrashuvining 9tasida g'alaba, 4tasida durang va 3 uchrashuvda mag'lub bo'lgan. Raqiblar darvozasini 26 marta ishg'ol qilib, o'z darvozalaridan 13 marta to'p olib chiqishgan. Ayni paytda “ajdarlar” turnir jalvalining 3-pog'onasida borishmoqda, jamoamiz hisobida 31 ochko bor.

Qarshida bo'lib o'tgan 8 uchrashuvning 6tasida g'alaba, 1tasida mag'lubiyat va 1 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Demak, o'z maydonidagi uchrashuvlarda 19 ochko qo'lga kiritilgan.

Uchrashuv hakamlari

Bo'lajak uchrashuvni toshkentlik hakam Olim Tolibjonov boshqaradi. Olim Tolibjonov bu yilgi mavsumdagi jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda ilk marta hakamlik qiladi.

Unga qanotlarda toshkentlik hakamlar Ravil SHoyaxmetov va Server Eremeevlar yordam berishadi.

Zaxira hakami sifatida buxorolik hakam  Elyor Tursunov ishlaydi.

Uchrashuv nazoratchisi Alisher Abdullaev, Toshkent shahridan.

Raqib – “Olmaliq” jamoasi haqida

O'zingizga malum, “Olmaliq” jamoasi oliy ligada 2008 yildan buyon ishtirok etib keladi. Konchilar jamoasi 16-turdan keyin turnir jadvalini 9-pog'onasini band etishgan. Ular o'tgan 16 uchrashuvning 7tasida g'alaba va 9 uchrashuvda mag'lub bo'lishgan. “Olmaliq” hanuzgacha bironta durang natija qayd etgan emas. Ularning hisobida hozir 21 ochko bor. Konchilar raqiblari darvozasini 24 marta ishg'ol qilishib, o'z darvozalaridan 27 marta to'p olib chiqishgan.

“Olmaliq” jamoasi o'tgan 16-turni o'z maydonida o'tkazdi va kichik 1:0 hisobida buxoroliklarga imkoniyatni boy berdi.

“Olmaliq” jamoasi “Nasaf” bilan o'zaro bahslarni 2008 yilgi mavsumdan boshlagan, u paytda jamoaning nomi – OTMK edi. Ular keyingi yilgi mavsumdan boshlab o'z nomlarini – “Olmaliq”ga almashtirishgan. Mazkur jamoalar o'zaro ilk uchrashuvini ham Qarshida boshlashgan. 2008 yili Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvda ular kichik 1:0 hisobida jamoamizga mag'lub bo'lishgan. Uchrashuvdagi yagona golni Zafar Xolmurodov kiritgan.

Qiziqarli faktlardan biri – “Olmaliq” jamoasi Qarshidagi bo'lib o'tgan o'zaro 8 uchrashuvning birontasida ham g'alaba qozona olmagan. Faqat ikki uchrashuvda bir xil 2:2 hisobidagi durang natijaga erishib, 1 ochkodan qo'lga kiritgan. Qolgan olti uchrashuvda jamoamiz g'alaba qozongan. Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarning ikkitasida futbolchilarimiz “Olmaliq” darvozasiga to'rttadan gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Jamoalar tarkibidagi o'zgarishlar haqida

O'zingizga malum, “Nasaf” jamoasi davralar oralig'ida, ikki nafar o'yinchi bilan xayrlashgan bo'lsa, o'z safiga besh nafar yangi futbolchilarni qo'shib olgan. Ushbu o'yinchilarning qanday salohiyatga ega ekanligi endi muxlislarimizga malum.

“Olmaliq” jamoasidagi qanday o'zgarishlar amalga oshirildi? Davralar oralig'ida jamoa (asosiy tarkibdan) 8 nafar o'yinchi bilan xayrlashdi. 10 nafar o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Jumladan, Muydin Mamazulumov yana konchilar safiga qaytgan.

O'zaro o'yinlar tarixidan

SHu paytgacha mazkur jamoalar o'zaro 17 martadan maydonda kuch sinashgan. SHundan to'qqizta bahsda “ajdarlar” zafar quchishgan, yana ettita o'yinda durang natija qayd etilgan. Bitta o'yinda olmaliqlik futbolchilar o'z maydonida g'alabaga erishishgan.

To'plar nisbati quyidagicha ko'rinish olgan – 29:15. Ustunlik “Nasaf” jamoasida.

Qarshida bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar: 


10.05.2008.  “Nasaf” – “Olmaliq” 1:0

07.08.2009.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

26.08.2010.  “Nasaf” – “Olmaliq” 4:0

20.03.2011.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

01.07.2012.  “Nasaf” – “Olmaliq” 4:2

02.03.2013.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:2

07.11.2014.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:2

08.08.2015.  “Nasaf” – “Olmaliq” 2:0.

"Olmaliq" jamoasi bilan bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar murosasiz va qiziqarli o'tgan. SHubhasiz bu safar ham shunday bo'ladi. Umid qilamizki, navbatdagi uchrashuvda ham futbolchilarimiz bor mahoratlarini ishga solib, muxlislarimizga yaxshi kayfiyat ulashishadi. Olg'a "Nasaf"!

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs 7 avgust yakshanba kuni Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida o'tkaziladi. Uchrashuv soat 17:45da boshlanadi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика