So’nggi yangiliklar

14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  0 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  2 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  1 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   14 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  3 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  3

"Nasaf" OCHLdagi birinchi g'alabasini rasmiylashtirdi Yangiliklar

"Nasaf" OCHLdagi birinchi g'alabasini rasmiylashtirdi

OCHL "D" guruhi 1-tur o'yini "Nasaf" - "Traktorsozi" uchrashuvini ushbu sahifa orqali matnli onlayn tarzida kuzatib borishingiz mumkin.

OCHL, "D" guruhi, 1-tur.

Qarshi, "Markaziy" stadion. 11160 tomoshabin.

"Nasaf" (O'zbekiston) - "Traktorsozi" (Eron) 2:1

Bosh hakam: Abdulloh Al Hiloli (Ummon)

Gollar: Edino (31), SHomurodov (46), Hamza Karimov (52)

"Nasaf": 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 32.Hamza Karimov, 20.Erkin Boydullaev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 34.Farruh Sayfiev, 17.Artur Gevorkyan (27.Ilhom Yunusov, 90), 33.Odil Hamrobekov, 99.Oleksandr Koblash (22.SHohruh Gadoev, 75), 15.Roy Rok, 9.Ilhom SHomurodov.

"Traktorsozi": 1. Hamid Lak, 3. Habib Gordani
4. Holid SHafiiy, 23. Mirxani Hoshimi, 88. Fardin Abidini, 6. Mehdi Kiani, 8. SHahin Sag'ibi (19. Mehrdad Bayrami, 81), 14. Andranik Teymuriyan, 18. Ahmad Kamdar (7.Saman Narimanjahan, 63), 27. Farshad Ahmadzoda, 10. Edino.

Ogohlantirishlar: Abedini (52), Rok (57).


                                      MATNLI TRANSLYACIYA

                                                   YANGILASH


- Uchrashuvdan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni shu joyda yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- "Nasaf" vakillari o'z muxlislariga minnatdorchilik bildirishmoqda...


- Qor ham ajoyib tarzda yog'moqda...


- "Nasaf" o'z tarixida ilk bor OCHLda g'alaba qozondi!


- G'ALABA MUBORAK, AZIZ YURTDOSHLAR!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90`  O'zgarish. "Nasaf". Artur Gevorkyan o'rnida Ilhom Yunusov maydonda harakat qiladi.


90` Maydonga tushishga Ilhom Yunusov hozirlik ko'rmoqda.


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` Andranik Teymuryandan kuchli va xavli zarba! Birozgina noaniq...


88` Eldor Svyunovga to'pga chiqishda yaxshi o'ynadi.


87` "Traktorsozi" hujumda xavfli harakat qilmoqda.


85` "Nasaf" uchun bugun tarixiy kun bo'lishi mumkin. Ularni OCHLdagi birinchi g'alabadan sanoqli daqiqalar ajratib turibdi.


83` Burchak to'pi xavfli chiqdi. Lekin raqib futbolchilari so'nggi pallada yaxshi o'ynashdi.


82` Roy Rok! Ajoyib zarba va rikoshet. Burchak to'pi.


81` O'zgarish. "Traktorsozi". SHahin Sag'ibi o'rniga Mehrdad Bayrami maydonga tushdi.


80` Odil Hamrobekov bugungi o'yinni juda alo darajada o'tkazmoqda.


78` "Nasaf" himoyada yaxshi o'ynamoqda. "Traktorsozi" jamoasining oldingi chiziqdagi o'ylagan rejalari hozircha ish bermayapti.


76` Bugungi o'yinni stadionda 11160 nafar ishqibozlar tomosha qilishmoqda.


75` "Nasaf"da o'zgarish. Oleksandr Koblash o'rniga SHohruh Gadoev tushirildi.


74` SHohruh Gadoev maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.


73` Gordanining uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Eldor Suyunov ushlab olishga erishdi.


72` "Traktorsozi" hujum qilishga intilmoqda.


70` Roy Rokdan navbatdagi "reyd". Sloveniyalik himoyachi bir futbolchini dog'da qoldirdi va to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Koblashni qidirib topdi. Oleksandr Koblashning boshi bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.


69` Artur Gevorkyanga nisbatan maydon markazi oldida qo'pollik ishlatildi.


67` Andranik Teymuryan to'pni juda chiroyli tarzda jarima maydonchasiga oshirib berdi. Biroq hujumchi Edino to'pga eta olmadi.


65` Ikkinchi bo'limda xuddi "Nasaf"ning o'yini singari qor ham kuchaymoqda...


63` O'zgarish. "Traktorsozi" tarkibida harakat qilgan Amirkamdar Ahmad o'z o'rnini Narimanjahanga bo'shatib berdi.


62` Himoyada tushunmovchilik. Edino ham "chalqancha" uslubda zarba berib ko'rdi. Noaniq.


61` Xavfli vaziyat! Ilhom SHomurodov uchrashuvdagi o'zining ikkinchi golini kiritishga yaqin kelgandi. Uning zarbasini darvozabon qaytarib yubordi. Qaytgan to'pga Sayfiev zarba bera olmadi...


59` "Nasaf" himoyachilari ikkinchi qavatda yaxshi harakat qilishdi va to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishdi.


58` "Traktorsozi" hujumda o'ynamoqda. Ketma-ket ikkinchi burchak to'pi.


57` Roy Rok hujumda qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.


54` "Nasaf" to'liq ustunlik bilan o'ynamoqda. "Traktorsozi" shokda!


53` Artur Gevorkyanning jarimadan oshirib bergan to'pini Hamza Karimov boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi. Barakalla!


52` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HAMZA KARIMOV!


52` Abedini raqibiga qo'pollik ishlatdi. Sariq kartochka. "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshiradi.


51` "Traktorsozi" futbolchilari o'yin tempini tushirishga harakat qilishmoqda.


50` Qarshida qor. "Nasaf" esa hujumlar yomg'irini boshlab yubordi...


49` Odil Hamrobekov va Ilhom SHomurodov fantastik o'yin ko'rsatishmoqda.


48` "Nasaf"ni stadionga kelgan muxlislar qo'llab-quvvatlashmoqda. "Traktorsozi" futbolchilari ikkinchi bo'limda bunday debyutni kutishmaganligi aniq!


46` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SUPERRRRRRRRRRRRRRRRR! ILHOOMMMMMMM SHOMURODOV!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Jarima maydonchasi atrofidan "chalqancha" uslubda Ilhom SHomurodov to'pni darvozaga "mixlab" qo'ydi, ha-ha aynan "mixlab" qo'ydi! OLG'A "Nasaf"!


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishmoqda.


- BIRINCHI BO'LIM TUGADI! TANAFFUS!


45` Artur Gevorkyaning zarbasini Lak ushlab oldi.


43` "Nasaf"ning bu safargi hujumi ham besamar ketdi. Raqib futbolchisi maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


41` "Nasaf" futbolchilariga o'z kuchlariga bo'lgan ishonch etishmayotgandek. Oddiy vziyatlarda to'p yo'qotishlar va to'p uzatishda bo'layotgan xatoliklar ko'p uchramoqda.


39` Burchak to'pi mehmonlarga samara keltirmadi.


38` "Traktorsozi" o'ng qantdan tezkor hujumni tashkil etdi. So'nggi pallada Hamrobekov yaxshi o'ynadi va xavfni bartaraf etdi. Burchak to'pi.


37` Xavfli vaziyat! Oleksandr Koblash to'pni qizg'onmaganida haqiqiy xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi...


35` Roy Rokning qanotdan etkazib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.


34` "Nasaf" vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga intilmoqda.


31` GOL! EDINO! "Traktorsozi" uchrashuvda hisobni ochdi. Edino bu vaziyatda boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.


30` "Nasaf"ning hujumi! Sayfiev to'pni Roy Rokka uzatdi, sloveniyalik himoyachi esa tezda o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. Oleksandr Koblash bu vaziyatda biroz noaniq harakat qildi.


28` Maydonning holati sifatli va chiroyli futbol ko'rsatishga to'sqinlik qilmoqda.


27` Mehmonlarning hujumini "ajdarlar" himoyasi bartaraf etdi.


25` Hani Hashemiga tibbiy yordam ko'rsatildi va shu bois o'yinda kichik to'xtalish yuzaga keldi.


23` "Traktorsozi" hujumda harakat qildi. Biroq aynan ular hujumda himoyachilarimizga nisbatan qoidani buzishdi va o'z hujumlarini buzib qo'yishdi.


22` "Traktorsozi" futbolchilari to'pni raqibga berishmayapti. To'p bilan muomala qilish bo'yicha mehmonlarning ko'rsatkichlari yaxshiroq.


20` Hamza Karimov biroz oqsab harakat qilmoqda. Himoyachimiz kichik jarohat olgan ko'rinadi.


18` Erkin Boydullaevga nisbatan maydon markazida qo'pollik ishlatildi.


16` "Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi yakuniga etmay qoldi. Oleksandr Koblash to'pni raqibiga oldirib qo'ydi.


15` "Traktorsozi" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda va buni deyarli uddalamoqda.


13` "Nasaf" hududiy ustunlikka ega. Eronliklar esa qarshi hujumda xavfliroq harakat qilishmoqda.


10` Etiborliroq bo'linglar! Farshad Ahmadzadeh bir qator himoyachilarni aldab o'tib, darvozaga erlatib zarba yo'lladi. Eldor Suyunov o'z o'rnida!


9` Artur Gevorkyanning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.


8` Koblashga nisbatan qo'pollik ishlatildi va jarima to'pi. Xavfli nuqta.


7` Ajoyib! Tasanno! Barakalla, Artur! Gevorkyan juda chiroyli tarzda Muhammadievni o'ng qanotdan hujumga chiqarib yubordi. SHuhrat Muhammadievning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Koblash boshi bilan darvozaga yo'llashda biroz adashdi.


6` "Nasaf"ning ilk hujumi. Odil Hamrobekov boshlab bergan hujumni Gevorkyan rivojlantirdi va to'pni SHuhrat Muhammadievga etkazib berdi. Muhammadievni raqib futbolchisi yiqitib qoldi. Biroq hakam bu vaziyatga etibor qaratmadi.


5` Qor yog'ishi biroz kuchaymoqda.


4` "Traktorsozi" hujumda harakat qilayotgan bir paytda Roy Rokka nisbatan qoida buzildi.


3` To'p nazorati "Nasaf" futbolchilariga qo'liga o'tdi.


2` "Traktorsozi" o'yinni hujumkorlik ruh bilan boshlashdi. Biroq vakillarimizga qarshi qoida buzildi.


- O'YIN BOSHLANDI! OLG'A "NASAF"! O'YNA "NASAF"! G'alaba senga yor bo'lsin!


17:55.  Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


17:50. Uchrashuvni "Sport" kanali orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. O'yinni Murod Rizaev sharhlab boradi. Ayni paytda ushbu sharhlovchi Qarshi shahrida bo'lib turibdilar va bellashuvni stadiondan turib sharhlashga tayyorlar.


17:40. Jamoalar o'yin oldi chigalyozdi mashqlarini yakunlab, kiyinish xonasiga kirib ketishdi.


17:38. Qarshida qor yog'ishi davom etmoqda. Mayda-mayda, lekin tezlik bilan tushmoqda. Havo esa kutilganidek sovuq!


17:33. Stadion muxlislar bilan liq to'lmagan. Hozircha. Ishqibozlarning tashrifi davom etmoqda. Ayni paytda stadionda taxminan 10 mingdan oshiqroq ishqibozlar bor. Lekin ko'chada ming-minglab muxlislar qolib ketishgan. Ularning nima sababdan stadionga kira olmayotganliklari nomalum.


17:25. "Nasaf" bugungi o'yinda o'zining ananaviy 4-4-2 sxemasida harakat qilsa, "Traktorsozi" jamoasi 4-5-1 sxemasida o'ynashadi.



17:20. Jamoalar o'yin oldi chigalyozdi mashqlarni bajarishmoqda.


17:10. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi. Pastroqda tanishishingiz mumkin.

















17:05. "Nasaf" posbonlari o'yin oldi chigalyozdi mashqlarni boshlashdi. Darvozada - Eldor Suyunov!


16:52. "Markaziy" o'yingohga sal kam 16 mingga yaqin ishqibozlar sig'ishi mumkin.


16:50. "Nasaf" - "Traktorsozi" uchrashuviga chiqarilgan "Programmka"



16:40. O'yinga bir soat vaqt qolgani tarkiblar rasman malum bo'ladi.


16:35. Telefonda, qorda imkon qadar olgan kichik videomizni ko'rishingiz mumkin.


16:34. Ishlab turgan netbuklarimizga ham qor parchalari tushib erib ketmoqda. Qo'l esa muzlab qolmoqda. Assalom, OCHL!

16:30. Uchrashuv hakamlari va nazoratchilar maydonning holati bilan tanishmoqdalar.

16:25. Qarshida qor yog'ishni boshlab yubordi. 



16:20. "Nasaf" futbolchilari maydonni ko'zdan kechirishmoqda.

16:15. Jamoalar stadionga etib kelishdi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Qarshida katta futbol bayrami boshlanmoqda! "Nasaf" jamoasi yangi mavsumdagi o'zining dastlabki bahsini OCHL doirasidagi Eronning "Traktorsozi" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori darajada. Biz saytimiz orqali ushbu bellashuvdan stadiondan turib matnli onlayn tarzida translyaciyani amalga oshiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


OCHL, "D" guruhi, 1-tur.

Qarshi, "Markaziy" stadion. 11160 tomoshabin.

"Nasaf" (O'zbekiston) - "Traktorsozi" (Eron) 2:1

Bosh hakam: Abdulloh Al Hiloli (Ummon)

Gollar: Edino (31), SHomurodov (46), Hamza Karimov (52)

"Nasaf": 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 32.Hamza Karimov, 20.Erkin Boydullaev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 34.Farruh Sayfiev, 17.Artur Gevorkyan (27.Ilhom Yunusov, 90), 33.Odil Hamrobekov, 99.Oleksandr Koblash (22.SHohruh Gadoev, 75), 15.Roy Rok, 9.Ilhom SHomurodov.

"Traktorsozi": 1. Hamid Lak, 3. Habib Gordani
4. Holid SHafiiy, 23. Mirxani Hoshimi, 88. Fardin Abidini, 6. Mehdi Kiani, 8. SHahin Sag'ibi (19. Mehrdad Bayrami, 81), 14. Andranik Teymuriyan, 18. Ahmad Kamdar (7.Saman Narimanjahan, 63), 27. Farshad Ahmadzoda, 10. Edino.

Ogohlantirishlar: Abedini (52), Rok (57).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика