"Nasaf"ning Turkiyadagi raqiblari nomi malum
06 fev 2020 11:05
Yangiliklar
"Nasaf"ning Turkiyadagi raqiblari nomi malum
Avval xabar qilinganidek, Nasaf futbolchilari 5 fevraldan 19 fevralga qadar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Ro'ziqul Berdiev shogirdlari yig'in davomida asosiy etiborni nazorat uchrashuvlariga qaratishadi. O'quv-mashg'ulotlar yig'ini doirasida oltita nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Hozircha ulardan beshta raqibning nomlari malum. Oltinchi jamoa bilan esa muzokara olib borilmoqda. "Nasaf"ning raqiblari Ukraina, Makedoniya, Qirg'iziston va Belarus davlatlari jamoalari bo'ladi.
«Nasaf» futbolchilarining Antaliyadagi nazorat uchrashuvlari jadvali:
7 fevral – “Kolos” (Ukraina)
10 fevral – “Vorskla” (Ukraina)
11 fevral – “Bregalnica ” (Makedoniya)
14 fevral – “Dordoy” (Qirg'iziston)
17 fevral – “Torpedo Belaz” (Belorussiya)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar