"Nasaf" "Neftchi"ni mag'lub etdi
11 jan 2017 22:06
Yangiliklar
"Nasaf" "Neftchi"ni mag'lub etdi
Bugun Ro'ziqul Berdiev shogirdlari dastlab Kiprning AEL jamoasi bilan kuch sinashishdi va SHahboz Erkinovning yagona goli evaziga g'alabaga erishgani haqida klub matbuot xizmati xabar bergandi.
Kunning ikkinchi yarimida "ajdarlar" Ozarboyjonning "Neftchi" klubi bilan o'ynashdi.
Ushbu bahsni "Nasaf" jamoasi asosiy tarkibda o'tkazdi.
"Nasaf": Eldorbek Suyunov, Najmiddin Normurodov, SHerzod Azamov, Akmal SHorahmedov, SHarof Muhitdinov, Odiljon Hamrobekov, Aziz G'aniev, Doniyor Narzullaev, Bahrom Abduraximov, Dragan CHeran, Bobir Abdixoliqov.
O'yindagi yagona kiritilgan golga zaxiradan maydonga Farruh Sayfiev mualliflik qildi.
SHu tariqa "Nasaf" har ikkala nazorat uchrashuvida ham g'alaba qozondi. Jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan Akmal SHorahmedov esa "ajdarlar" tarkibidagi o'zining ilk norasmiy o'yinini o'tkazdi.
"Nasaf" jamoasi Antaliyadagi yig'in davomida yana to'rtta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
15.01.2017 (shanba)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Botoshani” (Ruminiya)
16.01.2017 (yakshanba)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Sumgait” (Ozarbayjon)
18.01.2017 (chorshanba)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Karpati” (Ukraina)
20.01.2017 (juma)
“Nasaf” (O'zbekiston) – “SHaxtyor” (Qozog'iston)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar