So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  5 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuviga oid faktlar Yangiliklar

"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuviga oid faktlar

Oliy liganing 23-turida jamoamiz "Navbahor" ustidan yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.


- "Nasaf" ushbu o'yinda Oliy ligadagi o'zining 1000-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Yubiley gol muallifi jamoamizning mohir hujumchisi Ilhom SHomurodov bo'ldi.

- "Nasaf" Oliy liga doirasida "Navbahor" ustidan 20-g'alabasini rasmiylashtirdi. Bu jamoalar Oliy ligada jami 38 marotaba to'qnash kelishgan va shularning 20tasida vakillarimizning qo'llari baland kelgan. "Navbahor" jamoasi 10 marotaba g'alaba nashidasini surgan bo'lsa, qolgan 8 bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati: 62-57 "Nasaf" foydasiga.

- "Nasaf" - "Navbahor" (5:1) o'yinida jami oltita gol kiritildi. Qiziqarli jihati shundaki, urilgan oltita golni uchta futbolchi ikkitadan kiritishdi. Artur Gevorkyan va Ilhom SHomurodov dubl qayd etishgan bo'lsa, "Navbahor" azosi Ulug'bek Baqoev dastlab jamoamiz darvozasini, keyin o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi.

- Vakillarimiz "Navbahor" ustidan Oliy liga doirasidagi o'zlarining ikkinchi yirik g'alabalarini qo'lga kiritishdi. Bu vaqtga qadar jamoamiz bir marta, 2013 yildagi mavsumda "lochinlar"ni yirik 5:0 hisobida taslim etishgan edi.

- Jamoamiz uchun bu bahs Oliy ligadagi 551-o'yin bo'ldi. SHulardan 308tasida "ajdarlar" g'olib chiqishgan, 104 marotaba durang o'ynashgan va 139 bor mag'lubiyatga uchrashgan.

- Vakillarimizning Oliy liga tarixidagi kiritgan gollar soni 1004taga etdi. SHuningdek, jamoamiz 551 o'yinda o'z darvozasidan 637 marotaba to'p olib chiqqan.

- Hozirga qadar oliy ligada jamoamizdan faqat uchta klub ko'p gol urgan. Bular "Paxtakor" (1609), "Neftchi" (1486) va "Navbahor" (1228).

- "Nasaf" "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng to'plagan ochkolari sonini 51taga etkazib oldi va turnir jadvalida 3-o'rinni band etib turibdi.

- Jamoamiz vakillari ushbu mavsumda hakamlar tomonidan jami 41 marotaba jazolanishgan. Vakillarimizga hakamlar 38 bor sariq kartochka ko'rsatishgan bo'lsa, uch marta futbolchilarimizni o'yindan chetlatishgan.

- "Nasaf"ning bu yilgi mavsumda Oliy ligada kiritgan gollari soni 41taga etdi va bu ko'rsatkichda to'rtinchi pog'onada borishmoqda. Vakillarimizdan ko'proq gol urgan jamoalar: "Lokomotiv" (48), "Paxtakor" (46) va "Olmaliq" (43).

- Jamoamiz eng kam gol o'tkazish bo'yicha ikkinchi o'rinni "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari bilan bo'lishib turishibdi. Har uchala jamoada 16tadan gol qo'yib yuborilgan. Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich "Bunyodkor"ga tegishli bo'lib turibdi. "Qaldirg'ochlar" ushbu mavsumda hozircha 14ta gol o'tkazib yuborishgan.

- "Navbahor"ga qarshi o'yinda ikkitadan gol urib dubl qayd etgan futbolchilarimiz Ilhom SHomurodov va Artur Gevorkyanning bu yilgi mavsumda kiritgan gollari soni 9taga etdi. Ular to'purarlar bahsida to'rtinchi o'rinni bo'lishib turishibdi. To'purarlar peshqadami bo'lib turgan Bahriddin Vahobov hisobida 18ta gol mavjud.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика