So’nggi yangiliklar

14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  3 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61

Coca Cola Superligasi. Murosasiz ruhda o'tgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvida kuchlar teng keldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Murosasiz ruhda o'tgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvida kuchlar teng keldi

O'zbekiston Superligasi 9-tur doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" o'yini yakunlandi.

"Nasaf" - "Navbahor" 0:0
7 may 2023 yil. Qarshi, "Markaziy" stadion. 19:00
Bosh hakam:
Temurbek To'xtasinov.
Yordamchi hakamlar: Olim Abduvasilov, Oybek Kallaxo'jaev.
Zaxira hakami: Rustam CHoriev.
VAR: Akobirxo'ja SHukurullaev.
AVAR: Akmal G'iyosov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Bekzod Aripov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy (18. Bahrom Abdurahimov, 68), 9. Javohir Siddiqov (99. Azizbek Amonov, 84), 15. Jo'rabek Mannonov (28. SHuhrat Muhammadiev, 84), 19. Mateus Lima Kruz, 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s)

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 17. Suhrob Nurulloev, 22. SHohmalik Komilov, 23. Sardor Sadullaev, 25. Bekjon Rahmatov, 29. Muhammadjon Rahimov

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov (s), 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 7. Oston O'runov, 10. Jamshid Iskanderov, 17. Abrorbek Ismoilov, 21. Temurxo'ja Abduxoliqov (11. SHohruz Norxonov, 72), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 27. SHahboz Jo'rabekov, 31. Luka CHermel, 77. Asadbek Sobirjonov (8. Jasurbek Yaxshiboev, 58)

Zaxira: 46. Hurshid Xodjaev, 9. Farruh Ikromov, 20. Muzaffarxon Mo'minov, 33. SHodiyor SHodiboev, 55. Asadbek Jo'raboev, 88. Ozodbek O'ktamov, 98. Davronbek Olimjonov

Ogohlantirish: Yovan Jokich (39)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish: Jo'rabek Mannonov o'rniga SHuhrat Muhammadiev, Javohir Sidiqov o'rniga Azizbek Amonov maydonga tushdi.

82. So'nggi daqiqalarda futbolchilarga qaraganda shifokorlar diqqat markazida bo'lib turibdi.

76. Mezbonlarning ketma-ket hujumlari samarasiz yakunlandi.

72. "Navbahor"da o'zgarish: SHohruz Norxonov Temurxo'ja Abduxoliqovni almashtirdi.

70. Burchak zarbasidan so'ng kim balandroqqa sakrash musobaqasida "Navbahor" futbolchilari ustun keldi.

68. "Nasaf" tarkibida o'zgarish: Bahrom Abdurahimov Akmal Mozgovoyni almashtirdi.

61. Yaxshiboevning uzatma aralash zarbasi familiyasiga o'xshash bo'lmadi.

58. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Asadbek Sobirjonov o'rniga Jasur Yaxshiboev maydonga tushirildi.

52. Nasrullaevning uzatmasidan keyin "qanot chiqargan" Yusupov to'pga Bahodir Jalolov usulida musht tushirdi. Ammo o'zi ham belidan musht egan kimsa singari maydonga yiqildi. 

50. Siddiqov to'p sig'adigan darajada kenglikda chizilgan nuqtadan standart vaziyat ijro etdi, ammo vaziyat bartaraf etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Qarshida salqin hamda futbolbop harorat hukm surmoqda. Maydondagi futbolchilar hamda mening barmoqlarimga 15 daqiqa dam beramiz.


45+1. "Navbahor" futbolchisi maksimal tarzda noaniq zarba ijro etdi.

45. Birinchi bo'limga darsdan qochishni yoqtiradigan o'quvchilar oladigan baxoga teng daqiqa qo'shib berildi.

39. Hakam cho'ntagidan kartochkasini olib, "O'v bola, qo'limga qara" deya raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgan Jokichning popugini pasaytirib qo'ydi.

34. Yoki ko'zoynagimni artib olishim kerak, yoki "Nasaf"da orqa chiziqdayam, oldingi chiziqdayam himoyachilar o'ynayapti.

33. Standart vaziyatdan so'ng Davronov boshi bilan boshini changallaydigan zarba yo'lladi.

29. Jo'rabekovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi bilan kuzatib yuborgan to'pini Ergashev quchoq ochib kutib oldi.

24. Ibrohim Yo'ldoshev raqib hujumini bartaraf etgach, bir muddat oliygohda kamida etti yil tahsil oladigan xodimlardan ko'mak oldi.

21. Jo'rabekovning qanotdan oshirgan uzatmasidan keyin havodagi kurashda "Nasaf Airways" ustunlik qildi.

16. Eshmurodovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Yusupov tizzasi bilan qaytardi, keyinchalik G'aybullaevning raketa tezligida yo'llagan zarbasini "Navbahor" posboni xuddi shundaytezlikda sakragancha bartaraf etdi.

13. Ikkala jamoa futbolchilarining kimning libosi sifatli ekanligi borasida tekshiruv o'tkazib ko'rdi. Hakam esa bu sinov oxiri yaxshi natija bilan tugamasligiga ko'zi etgancha, hushtagini chaldi.

10. SHerigiga ishonib, ortidan kelayotgan raqibiga to'pni oldirib qo'yishiga bir bahya qolgan Jokich "shirin so'zlar" qutulib qoldi. 

7. Alibek Davronov raqib muxlislarining kayfiyatini ko'taradigan, o'z ishqibozlarining esa qovog'iga qish faslini aks ettiradigan harakat amalga oshirdi. Yaxshiyamki, "Nasaf" posboni to'pga vaqtida chiqib keldi.

4. Nasrullaev olis masofadan zarba berdi. Futbolchida ayb yo'q, to'p qiyshiq ekan.

2. "Nasaf" futbolchisining uzatmasidan so'ng Sobirjonov yuzi bilan to'pdan kaltak edi. 

1. Bosh hakam haydovchi akalarni cho'chitib yuboradigan buyumini ishga solgancha, uchrashuvga start berdi.

Taniqli futbol mutaxassisi, marhum Viktor Jalilov xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi.



Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Nasaf" qizil, "Navbahor" esa ko'k rangli libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun Qarshida qarshiliklarga qarshi dahshatli qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика