“Nasaf” Muborakda “Mashal” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
02 iyu 2017 12:41
Yangiliklar
“Nasaf” Muborakda “Mashal” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
O'zbekiston Kubogi nimchorak finali javob uchrashuvidan keyin "Nasaf" futbolchilariga qisqa muddatli tatil elon qilingan edi.
Ayni paytda futbolchilar dam olishmoqda. Navbatdagi 13-tur uchrashuviga tayyorgarliklar 4 iyun yakshanba kunidan boshlanadi. SHu kuni “ajdarlar” Qarshi shahridagi qarorgohlarida yig'ilishadi.
Murabbiylar 8 iyun payshanba kuni Muborakda, “Mashal” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. Ushbu uchrashuv B.Vafoev nomidagi markaziy stadionda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” 13-tur uchrashuvini safarda G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bilan o'tkazadi. Uchrashuv 15 iyun payshanba kuni, G'uzorda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar