So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

"Nasaf": Mavsum yakunlandi. To'qqizinchi bronza va O'zbekiston kubogi Yangiliklar

"Nasaf": Mavsum yakunlandi. To'qqizinchi bronza va O'zbekiston kubogi

Teglar :  Nasaf
Kechagi "Mashal"ga qarshi o'yindan so'ng navbatdagi mavsum ham rasman yakun topdi.


Jamoamiz ketma-ket uchinchi marotaba chempionatimizning bronza medallariga ega chiqdi.
Umuman ushbu mavsumda "Nasaf" uchta frontda harakat qildi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoamiz Osiyo chempionlar ligasida, Oliy liga va O'zbekiston kubogida qizg'in kurash olib bordi.
Osiyo chempionlar ligasida vazifa uddalanmagan bo'lsada, jamoamiz o'zbek klublari ichida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lishdi. Faqatgina gollar nisbatiga ko'ra amaldagi finalchi Dubayning "Al Ahli" jamoasi guruhdan chiqdi.
"Nasaf" OCHLda o'tkazilgan 6 o'yindan ikkitasida g'alaba qozondi, ikkita durang o'ynadi va yana shuncha bahsda imkoniyatni boy berdi.

O'zbekiston kubogi bahslarida esa jamoamiz klub tarixida ilk bor bosh sovrinni o'z muzeyiga olib kelishga muvaffaq bo'ldi. Bu yo'lda "Oq-Tepa", "Paxtakor-2", "Lokomotiv" va finalda "Bunyodkor" jamoasi dog'da qoldirildi va O'zbekiston kubogi jamoamizga nasib etdi.

Oliy ligada esa "ajdarlar" o'tkazilgan 30 uchrashuvdan 19tasida g'alaba nashidasini surishga muvaffaq bo'lishdi. Beshta o'yinda durang o'ynagan jamoamiz, qolgan oltita o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Yakunda 62 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Bu bilan jamoamiz o'z tarixida to'qqizinchi bronzaga ega chiqdi va rekord qayd etdi. Bunga qadar hali hech bir jamoa chempionatimizda to'qqiz marotaba bronza medallarini taqishga ulgurmagan edi.

"Nasaf" jamoasining 2015 yildagi statistikasi:

O'yin: 43
G'alaba: 27
Durang: 7
Mag'lubiyat: 9
To'plar nisbati: 68-29

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика