So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  3 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

“Nasaf” mashg'ulotlarni davom ettirmoqda (fotogalereya) Yangiliklar

“Nasaf” mashg'ulotlarni davom ettirmoqda (fotogalereya)

Avval xabar qilganimizdek, 10 dekabrda poytaxtimiz Toshkentda to'planib, tibbiy ko'rikdan o'tgan “Nasaf” futbolchilari ayni kunlarda Qarshi shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Jamoa mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan klub bazasida, “Markaziy” stadionda joylashgan mashg'ulotlar maydonida davom ettirmoqda. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, hozirda o'tgan mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan barcha futbolchilar mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Ikkinchi davrada jarohat olib, malum muddatga safdan chiqqan SHohruh Gadoev va Erkin Boydullaev ham individual tarzda mashg'ulotlarni boshlashgan. SHuningdek, o'tgan mavsumda ijara asosida “Dinamo” va “Qizilqum”da to'p tepgan Nodir Sanaqulov va Eldor Boymatov ham jamoa bilan birga. Qolaversa, o'tgan mavsumda o'rinbosarlar tarkibida harakat qilgan darvozabonlar Ubaydulla Aloxanov, Alibek Turopov, himoyachi Tohir Abdurazzoqov, yarim himoyachi Najmiddin Nomurodov ham asosiy tarkib azolari bilan mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.

Qarshiliklar Yangi yilga qadar Qarshida mashg'ulotlarni davom ettirishadi va yanvar oyida ilk xorijiy yig'inni Turkiyada o'tkazishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика