"Nasaf": Mashg'ulotlar davom etmoqda
27 sen 2015 22:18
Yangiliklar
"Nasaf": Mashg'ulotlar davom etmoqda
Bugun jamoamiz azolari klub qarorgohida o'zlarining navbatdagi mashg'ulotlarini o'tkazishdi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligida o'tgan mashg'ulotda futbolchilar to'liq dastur bo'yicha shug'ullanishdi.
Mashg'ulotlarda asosiy urg'u futbolchilarimizning jismoniy holati va to'p bilan ishlashga qaratildi.
Jismoniy mashqlarni Ilnur Sibagatullin o'tkazgan bo'lsa, SHuhrat Toshpo'latov futbolchilarni to'p bilan ishlatdi.
Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov esa o'zining to'rt nafar shogirdini maxsus dastur bo'yicha shug'ullantirdi.
Mashg'ulotlarning so'nggi bosqichida futbolchilar ikkiga bo'linib futbol o'ynashdi. Ro'ziqul Berdiev boshchilik qilgan jamoa 6:5 hisobida g'alaba qozondi.
Ikki soat davom etgan mashg'ulot soat 20:00da o'z yakuniga etdi.
Eslatib o'tamiz, Oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "Metallurg"ga qarshi o'yin 30 sentyabr kuni Bekobodda bo'lib o'tadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar