So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

“Nasaf” ko'rigidagi sloveniyalik Roy Rok haqida qisqacha Yangiliklar

“Nasaf” ko'rigidagi sloveniyalik Roy Rok haqida qisqacha

Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlik yig'inini olib borayotgan “Nasaf” jamoasi bir vaqda o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olish maqsadida bir nechta xorijiy futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazmoqda.
Bir necha kundan bo'yon “Nasaf” safiga qo'shilgan sloveniyalik chap qanot himoyachisi bo'lgan 28 yoshli – Roy Rok ko'rikdan o'tmoqda. Roy Rok 1986 yil 10 avgustda tug'ilgan. Sloveniya fuqarosidir.

Roy Rok o'z faoliyatini Sloveniyaning eng kuchli jamoasi – “Maribor”da boshlagan. So'ng “Melenchik” klubiga o'tgan, bu klubda ozroq faoliyat yuritgach yana qadrdon “Maribor” klubiga qaytib kelgan.

Roy Rok o'z faoliyatida birinchi marta kuchini sinab ko'rish uchun xorijga yo'l oladi. U avstriyaning “Volfsberger” klubida bir yil o'ynagach yana yurtiga qaytib keladi. Navbatdagi xorijga chiqishgacha u “Sentura”, “Olimpik” va “Rudara” jamoalarida to'p tepishga ulgurgan. SHundan so'ng Roy Rok gollandiyaning birinchi divizionida qatnashadigan “Volendam” jamoasida o'ynagan. “Volendam” jamoasidan o'tgan yili Qozog'istonning Jambil shahri “Taraz” klubiga ko'chib o'tadi.

“Taraz” bilan bir yillik shartnoma imzolagan Roy Rok 24 marta maydonga tushib, bir marta gol urishga erishgan. U mavsum yakuniga etkach yana o'ziga yangi klub qidira boshladi.

Ayni paytda Roy Rok Antaladiiyada “Nasaf” ko'rigidan o'tmoqda. U Ro'ziqul Berdiev “imtihon”idan o'tsa, jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin. Eslatib o'tamiz, hozirda “Nasaf”ning chap qanot himoya chizig'ida 35 yoshni qoralab qo'ygan – katta tajriba sohibi Botir Qoraev o'ynab kelmoqda.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика