So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

"Nasaf" klubi tizimida o'zgarish: sport direktori "Andijon"ga ketdi, yangi nomzod aniq Yangiliklar

"Nasaf" klubi tizimida o'zgarish: sport direktori "Andijon"ga ketdi, yangi nomzod aniq

Qarshining "Nasaf" klubida sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan ukrainalik mutaxassis Nikolay Minchev kecha qarshiliklar bilan rasman xayrlashdi.

O'z vaqtida "Nasaf" safida to'p tepgan sobiq himoyachi Nikolay Minchev Vitaliy Nidan keyin malum vaqt klubda sport direktori lavozimida ishladi.

Xabaringiz bor, ko'p yillar "Nasaf"da sport direktori bo'lib ishlagan Vitaliy Ni o'tgan yili SHamil Yarulin menejerlikdan ketganidan so'ng klubni tark etgandi. Vitaliy Ni "Nasaf"dan ketib "Qo'qon-1912" klubida ish boshlagandi. Kuni kecha "Nasaf"ni tark etgan yana bir sport direktori ham vodiydan qo'nim topdi.

Yaqindagina "Andijon"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Aleksandr Xomyakov Nikolay Minchevni o'z oldiga chaqirdi va ukrainalik mutaxassis klubda sport direktori lavomizida ish boshlashi kutilmoqda.

"Nasaf"da bo'shab qolgan sport direktori lavozimiga klub tizimida ko'p yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan tajribali mutaxassis Yunus Nabiev qo'yilishi kutilmoqda. Oxirgi yillarda marketing va matbuot xizmati bo'limlarini boshqargan Yunus Nabiev endilikda sport direktori lavozimiga o'tirishga asosiy nomzod.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика