"Nasaf" klubi faxriylarga ehtirom ko'rsatdi
08 may 2017 20:37
Yangiliklar
"Nasaf" klubi faxriylarga ehtirom ko'rsatdi
9 may – Xotira va kadrlash kuni munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo'ladi.
Bu fazilat “Nasaf” professional futbol klubiga ham xosdir. Bu kun arafasida urush va mehnat faxriylarini yo'qlash ularga hurmat ko'rsatish, klubimiz ananasiga aylangan. Zero, yoshlikning navqiron chog'larini urush olovlarida, janggohlarda o'tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati biz uchun juda qadrlidir.
Xotira va qadrlash kuni arafasida, klubimiz nomidan iqtidorli futbolchilarimiz Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniev va Bobir Abduxoliqovlar Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan urush va mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurishdi. Ularga hurmat va ehtirom bajo keltirishdi. Quyida ana shu tashrif jarayonidan olingan suratlarni etiboringizga havola qilamiz.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar