So’nggi yangiliklar

13:12Ямаль Туркияда пасортини йўқотди  0 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  15 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  6 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25

“Nasaf” joriy mavsumda ilk marta “Markaziy” stadionda mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

“Nasaf” joriy mavsumda ilk marta “Markaziy” stadionda mashg'ulot o'tkazdi

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari o'tkazilishi munosabati bilan vaqtinchalik yopilgan edi, deya xabar bermoqda "Nasaf" klubi rasmiy veb sayti.

“Nasaf” ushbu stadionda  so'nggi marta 2016 yil 22 oktyabr kuni Oliy liganing 26-turi doirasida “Navbahor”ga qarshi o'tkazgan edi. Yangi mavsumda jamoa o'o'z maydonidagi barcha raqiblarini G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida qabul qilayotgandi.

Oradan salkam sakkiz oy o'tib, “Markaziy” stadionning yangi  maydoni o'yinga tayyor bo'ldi. Jamoa futbolchilari bu yil hisobidan ilk marta “Markaziy”da mashg'ulot o'tkazishdi.

Biroq,stadionda “Nasaf”ning uy uchrashuvlari keyinroq boshlanadi. CHunki, stadionda oxirgi rekonstrukciya ishlari davom etmoqda. Bu jarayon tugallanish arafasida.

Klub ishqibozlari uchun yana bir yangilik: jamoa30 iyun kuni “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi O'zbekiston kubogi chorak final  dastlabki uchrashuvin“Markaziy”da o'tkazishi mumkin.

Endi bevosita mashg'ulotlarga to'xtaladigan bo'lsak, milliy terma jamoaga  jalb etilgan futbolchilar hamda legionerlardan tashqari barcha o'yinchilar mashg'ulotda ishtirok etishdi. Legioner futbolchilar esa ertadan mashg'ulotlarga kirishadi.

Mashg'ulotlar oldidan stadionga klub prezidenti -SHo'rtan gaz kimyo majmuasi  direktori Odil Temirov ham tashrif buyurib, murabbiy va futbolchilar bilan dildan suhbatlashdi.

Bu uchrashuvdan barcha futbolchilarning kayfiyati ham ko'tarildi. Mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tdi.










Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика