Eshitdik-da! PFL Namangan viloyati hokimiga xat yo'lladi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2023, 15:26
Joriy yilning 4 mart kuni Superliganing 1-turi doirasida o'tkazilgan “Navbahor” - ”Qizilqum” uchrashuvi qaydnomasida “Markaziy” stadion maysasi 3 bahoga loyiq ko'rilgandi.

O'z navbatida mazkur holat Superliganing eng yaxshi stadionlaridan birida muammolar borligini ko'rsatib beradi.

Namangandagi stadion yaxshi holatga kelganidan buyon bu yerda turli darajadagi xalqaro uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, O'zbekiston kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. “Navbahor” futbol klubi joriy mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishini inobatga olsak, katta ehtimol bilan avgust oyidan boshlab qitamizning qator taniqli futbol klublari Namanganga tashrif buyuradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Markaziy”da so'nggi bor 2022 yilning oktyabr oyida tajribali agronomlar tavsiyasiga asosan parvarishlash va qo'shimcha ishlov berish ishlari amalga oshirilgan. Biroq qish faslidagi anomal sovuq maysaga o'z salbiy ta’sirini ko'rsatgan. Qo'shimchasiga, U21 jamoasi uchrashuvlari o'tkazadigan zaxira maydoni talab darajasida emas.

O'zPFL bu borada maydon holatini yaxshilash bo'yicha Namangan viloyati hokimiga xat bilan chiqqan va amaliy ko'mak so'ragan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia